O‘zbekiston | 19:20 / 23.11.2021
71764
2 daqiqa o‘qiladi

«Daraxt ekilmagan, shunchaki tiqib qo‘yilgan» - prezident Shayxontohurdagi holatni tanqid qildi

Prezident 23 noyabr kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi Sarxumdon mahallasiga bordi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka saylanganidan keyin hududlarga ilk tashrifini Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidan boshladi. Davlat rahbari tumanda ko‘chat ekish jarayonini tanqid qildi.

«Daraxt ekib qo‘yilgan, lekin daraxt ko‘chatini bunaqa tarzda ekishni mensimaslik deyish mumkin. Nomiga tiqib qo‘yilgan. Davlat nima uchun daraxt ko‘chatlariga shuncha pul berdi? Tekin kelmayapti hech narsa. 

Nimaga bir joyda 5-sinf, boshqa joyda 11-sinf, deya maydonlar belgilab berilmagan? Nima uchun mahallalar haftada bir kun o‘zi yashaydigan uy atrofini yig‘ishtirishga chiqmaydi? Bir qavatda yoki bitta hovlida qancha odam bor?

Bugun biz ko‘rgan mahalladagi holatda bir yilda bir marta ham qaralmagan. Qanday qilib shu holda jonajon yurtimizni yuqori marralarga olib chiqishimiz mumkin?

Jamoatchilik nazorati kerak bizga. Shayxontohur katta tuman. Boshqa tumanlarga namuna bo‘lish kerak», deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

 

Mavzuga oid