Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Menga hisobot - odamlarning ko‘zi» - Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Shayxontohur tumaniga tashrifi davomida to‘rtta sektor rahbarlariga yoshlar bilan ishlash masalasida alohida ko‘rsatma berdi.
«Prezident bizni 2,5 yil sektor rahbari qilmaganida, men bir kun ham hokim bo‘la olmas ekanman. Hamma gap sektorda ekan. Mana tajriba. Soliqchi bo‘lib ishlayverardim deyapti.
Mana, Toshkent aholisi hayron bo‘lyapti, u odam eshitishni bilarkan deb. Bularni qayerdan o‘rgandi, sektordan o‘rgandi.
Shuning uchun to‘rtta sektorning hammasi dunyoqarashini o‘zgartirishi kerak. Ayniqsa, yoshlar masalasida. Bu ishlar bilan xavfsizlik rahbari shug‘ullanyapti, Toshkentda tajriba ham orttirdik. Shayxontohurdan boshlaymiz. 51 ming yosh bo‘yicha bir oylik emas, bir haftalik nima ish qilishimiz kerakligi borasida reja qilinishi kerak. Maktab, kollejlar yoki oliy ta'lim muassasalarining bo‘sh sportzallari ham sizlarning ixtiyoringizda.
Yoshlar uchun hamma sharoitni yaratib beramiz. Hamma ishlar bepul amalga oshiriladi, bundan daromad topish menga umuman kerak emas. Sizlarga hamma vakolatni berganman, tajriba ham orttirdinglar.
Xavfsizlik xizmatiga Qashqadaryodan o‘rinbosar olib keldim, qaysi viloyatga borsam har bir rahbar bilan alohida o‘zim gaplashaman. Dunyoqarashi qanday? Har safar Qashqadaryoga borsam xizmatning rahbari adolatli va vijdonli hisobot beradi.
Menga hisobot – odamlarning ko‘zi. Fuqarolar rozimi hozirgi siyosatdan? Menga yozib berilgan raqamlar umuman qiziq emas, 25 yil raqamga ishladik. Bu manfaat, madaniyat, ma'rifat, boylik olib kelmadi, millatni ko‘tarmadi, birimiz ikki bo‘lgani yo‘q. Men hamma narsani ko‘raman, kuniga kamida 200–300 varaq o‘qiyman. Menda yetarli ma'lumot bo‘lmasa, davlatni boshqarib bo‘lmaydi. Birovga ishonaman, lekin o‘zim bilishim kerak», deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jaziramadan dengizga: nega Bali, Maldiv va Turkiyani tanlashadi?
Jamiyat | 17:22
-
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yuk poyezdi yo‘lga chiqdi
Iqtisodiyot | 19:04
-
O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha bitim imzolandi
O‘zbekiston | 18:41
-
Qo‘rqinchli manzara va alamli oqibatlar: Ko‘kdaladagi portlash tafsilotlari
Jamiyat | 18:33
Mavzuga oid

15:27 / 11.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi

20:35 / 10.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanidagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga tashrif buyurdi

14:50 / 17.06.2025
Toshkentda giyohvandlik moddalarini tarqatgan “zakladchik” ushlandi

12:22 / 24.01.2025