Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Xitoyga 601 million dollarlik gaz yetkazib berdi
Yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistondan Xitoyga gaz yetkazib berish hajmi 2,57 million tonnaga yetdi. Bu haqda Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Boshqarma ma'lumotlariga ko‘ra, Turkmaniston Pekinga asosiy gaz yetkazib beruvchi davlatlar orasida birinchi o‘rinni egallab turibdi: hisobot davrida Xitoy bu mamlakatdan 5,38 milliard dollarga 19,79 million tonna gaz import qilgan. Yetkazib berish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Rossiya, keyingi pog‘onada Qozog‘iston (865,01 million dollarga 3,73 million tonna) joylashdi. Ro‘yxatda O‘zbekiston (601,27 million dollarga 2,57 million tonna) va Myanma (1,16 milliard dollarga 2,53 million tonna) ham bor.
E'lon qilingan statistik ma'lumotlarga ko‘ra, Avstraliya yanvar-oktabr oylarida Xitoyga suyultirilgan gaz yetkazib beruvchi yetakchi davlatga aylandi (11,43 milliard dollarga 25,7 million tonna), keyingi o‘rinda AQSh (3,88 milliard dollarga 7,03 million tonna), Malayziya (3,05 milliard dollarga 7,02 million tonna) va Qatar (3,21 milliard dollarga 7 million tonna) joylashdi.
Mavzuga oid
08:26 / 09.07.2026
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
16:36 / 29.05.2026