O‘zbekiston | 10:56 / 23.11.2021
8218
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosida FacePay tizimi sinov tariqasida ishga tushirildi

Toshkent metrosida yo‘l haqini inson yuzi orqali to‘lash imkonini beruvchi FacePay tizimi paydo bo‘ldi.

Skrinshot / O‘zbekiston24

Metropolitenning Buyuk ipak yo‘li bekatida sinov tariqasida ishga tushirilgan FacePay qurilmasida yo‘lovchi validatorga qarasa yetarli - yo‘l haqi bank kartasidan avtomatik tarzda yechib olinadi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, agar ushbu amaliyot o‘zini oqlasa, tizim nafaqat metro, balki tez orada avtobus va yo‘nalishli marshrutkalarda ham yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Yagona portal axborotiga ko‘ra, joriy yilda jamoat transportida ayrim bank kartalari orqali ham yo‘l haqi to‘lash imkoniyati yaratildi. Xalqaro to‘lov tizimlari bilan hamkorlik tufayli O‘zbekistonga kelayotganlar Viza, Mastercard, UnionPay, “Mir” kartalari orqali jamoat transportida to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin bo‘ldi.

Mavzuga oid