Ma’lum bölişiça, Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi öz vakolati doirasida pul mablağlarini iste’molçiga qaytariş yoki örniga QR-kodli çiptalar körinişida metropolitenda harakatlaniş uçun amaldagi tölov şakllarini yoki yagona transport kartalarini joriy yilning 15 aprelidan boşlab taqdim etiş töğrisida bajarilişi majburiy bölgan buyruq çiqargan.
Şunga muvofiq, aholidagi mavjud jyetonlar 2022 yilning 15 aprel sanasidan boşlab amaldagi yöl haqi asosida “Toşkent metropoliteni” DUK ma’muriyati tomonidan xarid qilinişi belgilangan.
Jyetonlar duşanbadan jumaga qadar soat 9:00 dan 16:00 gaça Islom Karimov köçasi 16a uy “Toşkent metropoliteni” DUK binosida qabul qilinadi.
Metroda avtomatlaştirilgan tölov tizimining joriy etilişi munosabati bilan 2020 yil noyabr oyidan boşlab jyetonlarni qabul qiliş töxtatilgan.
Barça metro bekatlari NFC orqali tölovlarni amalga oşiriş, şuningdek, QR-kodli çiptalar, transport va bank kartalarini qabul qiliş imkonini beruvçi statsionar validatorlar bilan jihozlangan.













