07:37 / 26.05.2022
5419

Toshkent metrosida harakatlanayotgan poyezd vagonida chiroq o‘chib qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosi vagonida chiroq o‘chib qolgani haqida videolar tarqaldi. Poytaxt metropoliteni hodisa bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Videodan kadr

Qayd etilishicha, «Tinchlik» metro bekatida harakatlanayotgan 34-yo‘nalishli harakat tarkibining vagon chiroqlarini elektr bilan ta’minlovchi himoya avtomati ishlagan.

Ma’lumotda aytilishicha, avtomat ishlab ketishi oqibatida poyezdning bitta vagonida chiroq o‘chgan.

“30 soniyadan so‘ng mashinist tomonidan ikki bekatning oraliq qismida yo‘riqnomaga asosan avtomat yoqilib, chiroqlar qayta tiklandi”, deyiladi xabarda.

Bundan oldin Toshkent metrosida 58 yoshli erkak poyezd yo‘liga tushib ketgandi.

Mavzuga oid
Top