Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Global epidemiya, Rossiyada kleptokratiya va ekologik inqiroz. 1997 yilda futurologlar nimalarni prognoz qilgandi?
Futurologlar insoniyatning 25 yillik taraqqiyoti va farovonligini prognoz qilgan va bunga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan 10ta ssenariyni sanagandi.
21 noyabr kuni Reddit’ning u/TooSmalley nikli foydalanuvchisi 1997 yil iyul oyida Amerikaning Wired jurnalida bosilgan maqolaga havolani joylashtirdi. U «Uzoq bum» deb atalib, shu nomda kitob chiqargan futurologlar Piter Shvars va Piter Leyden tomonidan yozilgan. Meduza nashrida keltirilgan maqolada bu haqda ma'lumotlar keltirilgan.
Maqolada insoniyatni 25 yil ichida kutayotgan taraqqiyot va farovonlik — yaqin kelajak ssenariysi («u bir vaqtning o‘zida ham pozitiv, ham haqiqatga yaqin» deb atalgan) haqida so‘z boradi. Globalizatsiya va texnologiyalar rivojlanishi ana shu ssenariyni amalga oshirish shartlariga aylandi.
Ssenariyda boshqa narsalar qatorida 2010 yilda vodorod yonilg‘isida yuradigan avtomobillar paydo bo‘lishi, 2012 yilga kelib, saraton kasalliklari genetik muolajasi mukammallashishi, 2020 yilda esa odamlar Marsga qo‘nishi taxmin qilingan.
Ushbu kosmik parvoz vaqtiga kelib, Rossiya iqtisodiyoti mustahkamlanadi, Xitoy esa dunyodagi yirik iqtisodiyotga aylanadi, Yer aholisi taxminan 11 milliard ko‘rsatkichida barqarorlashadi, odamlar badavlatroq bo‘ladi va tabiat bilan muvozanatda yashash hamda ishlashni o‘rganadi.
Shunga qaramay, bu ssenariy kafolat emas, bor-yo‘g‘i imkoniyat. Agar nimadir kutilganidek bo‘lmasa, «uzoq bum» yuz bermasligi ham mumkin. XX asr boshida dunyo bu kabi jarayonlarni boshdan kechirgan. Texnik rivojlanish va iqtisodiy o‘sish farovon kelajak va'da qildi, biroq Birinchi jahon urushi uni yo‘qqa chiqardi. Jahon yetakchilari asosiy e'tiborni milliy masalalarga qaratib, raqobat foydasiga integratsiyadan voz kechdi, deya tushuntirgan Shvars va Leyden.
Ularning fikriga ko‘ra, «joriy davrning asosiy formulasi quyidagicha: ochiqlik – yaxshi, yopiqlik – yomon». Futurologlar o‘z maqolasida 20–25 yillik istiqbolda insoniyat farovonligini tahdid ostida qoldirishi mumkin bo‘lgan 10ta voqea va hodisani keltirgan. Ularning qayd etishicha, ushbu voqealarning asosiylari texnologik yoki iqtisodiy emas, balki siyosiydir. Ushbu omillarni mualliflar tasvirlagan ketma-ketlikda keltiriladi.
- Xitoy va AQSh o‘rtasidagi ziddiyat issiq bilan chegaradosh bo‘lgan yangi Sovuq urushga aylanadi.
- Yangi texnologiyalar umidlarni oqlamaydi. Ular mehnat unumdorligiga kutilgan o‘sish yoki sezilarli iqtisodiy tiklanish olib kelmaydi.
- Rossiya mafiya tomonidan boshqariladigan kleptokratiyaga aylanadi yoki Yevropaga tahdid solayotgan kvazikommunistik millatchilikka chekinadi.
- Yevropa integratsiyasi oqsaydi. G‘arbiy va sharqiy Yevropa birlashish to‘g‘risida kelisha olmaydi. Yevropa Ittifoqi ichidagi jarayonlar ham izdan chiqadi.
- Jiddiy ekologik inqiroz iqlimning global o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi. Bu esa boshqa narsalar qatorida oziq-ovqat yetkazib berish zanjirlarini buzadi. Natijada hamma yerda narxlar oshishi, ayrim joylarda esa ocharchilikka ham olib keladi.
- Jinoyat va terrorizmning keskin oshishi qo‘rquvi dunyoni orqaga burishga majbur qiladi. Odamlar doimiy ravishda o‘zlarini portlatib yuborishlari yoki o‘g‘irlashlari mumkinligi haqida o‘ylashadi va o‘zgalarga ochila olmaydilar.
- Ifloslanish ko‘rsatkichi ortishi tayyor bo‘lmagan sog‘liqni saqlash tizimini qamrab oluvchi saraton kasalliklari to‘lqiniga olib keladi.
- Energiya narxlari osmonga ko‘tariladi. Yaqin Sharqdagi to‘ntarishlar neft yetkazib berishni to‘xtatadi, energiyaning muqobil manbalari esa paydo bo‘lmaydi.
- Zamonaviy ispan grippi yoki uning muqobili nazoratsiz epidemiya bo‘lib, o‘rmon yong‘ini kabi tarqaladi va 200 milliondan ortiq kishini o‘ldiradi.
- Ijtimoiy va madaniy kelishmovchiliklar taraqqiyotni yarim yo‘lda to‘xtatib qo‘yadi. Odamlar olg‘a harakatlanishga majbur. Biroq ular bunday qila olmaydi...
Mavzuga oid
20:13 / 19.05.2026
Dunyo yangi global pandemiya ostonasida turibdi – JSST va GPMB
18:48 / 16.05.2026
Hantavirusning tarqalishi jiddiy emas va tez orada barham topishi kerak – JSST
19:40 / 26.01.2026
AQShda kuchli qor bo‘roni – fotosuratlar
19:38 / 04.12.2025