Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSV taklif va tashabbuslar uchun yangi platformani ishga tushirdi
SSV yosh shifokorlar (45 yoshgacha) g‘oya va tashabbuslarini bildirishi uchun «Yangi O‘zbekiston shifokorlari» platformasini tashkil etdi. Unda nafaqat O‘zbekistondagi, balki xorijdagi vatandoshlar ham o‘z takliflari bilan qatnashishi mumkin.
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonning yosh, tashabbuskor shifokorlari uchun yangi g‘oya va takliflar maydonini yaratdi.
«Prezidentimiz tibbiyot sohasini xalqimizni rozi qiladigan tizimga aylantirish bo‘yicha oldimizga juda katta vazifalarni qo‘ygan. Bularni to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, sohada o‘z yechimini kutayotgan muammolarni hal etish uchun yangi g‘oya va tashabbuslar, kreativ yondashuvlar nihoyatda zarur.
Bu borada vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotgan, jamiyatdagi yangilanishlar jarayonida faol ishtirok etib, dolzarb masalalarni dadil ko‘tarib chiqayotgan yosh shifokorlar kuch-g‘ayrati, azm-u shijoatiga suyanamiz.
Sog‘liqni saqlash vazirligining «Yangi O‘zbekiston shifokorlari» platformasi tibbiyot sohasining ana shunday faol va tashabbuskor yosh vakillarini birlashtirish maqsadida yaratildi. Yangi platforma nafaqat yurtimiz, balki dunyoning istalgan hududida yashab, mehnat qilayotgan 45 yoshgacha bo‘lgan shifokor vatandoshlarimiz uchun mo‘ljallangan. U orqali mamlakatimiz tibbiyoti oldida turgan dolzarb masalalar va ularning yechimlari bo‘yicha yangi g‘oya, taklif hamda tashabbuslar qabul qilinib, sog‘liqni saqlash tizimi rivojiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyada muhokama etiladi.
Shuningdek, eng yaxshi g‘oya va takliflar bergan yosh shifokorlar vazirlik istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
Yangi O‘zbekiston tibbiyoti rivojiga o‘z hissangizni qo‘shmoqchimisiz? Ilg‘or g‘oya va tashabbuslaringizni ro‘yobga chiqarish uchun maydon kerakmi? Unda shoshiling! Biz sizni hamkorlikka chorlaymiz!
Buning uchun ushbu manzil orqali ro‘yxatdan o‘tib, soha oldida turgan dolzarb masalalarning yechimlari bo‘yicha o‘z g‘oya va takliflaringizni qoldiring. Ularning konfedetsialligi ta'minlanadi.
Vatanga daxldorlik hissi va faol fuqarolik pozitsiyangizni ko‘rsatish fursati keldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi sizning har bir g‘oya va taklifingizni qadrlaydi. Imkoniyatni boy bermang!» deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi

11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?

17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda

19:59 / 09.07.2024