Hisob palatasi “Budjetnoma”ni tahlil qildi. Undan soliq siyosatida, har bir soliq turi böyiça özgarişlar ham joy oldi.
Qöşilgan qiymat soliği
Amaldagi soliq stavkasi 15 foiz miqdorida saqlab qolinadi.
Tuşum hajmidan qat'i nazar quyidagilar hisobiga QQS tölovçi korxonalar toifasi kengaytiriladi:
- suğoriladigan yerlari 25 gektardan ortiq bölgan fermer xöjaliklari;
- soliq maslahatçilari taşkilotlari va auditorlik taşkilotlari;
- notijorat, şu jumladan budjet taşkilotlari.
QQS böyiça qanday imtiyozlar bekor böladi?
Soliq kodeksi bilan berilgan jismoniy tarbiya va sport taşkilotlari xizmatlari (bundan budjetdan moliyalaştiriladigan mustasno), şuningdek, sport inşootlari, ommaviy-madaniy tadbirlarni taşkil etişdan daromadlar qismida hamda qat'iy körsatiladigan bank xizmatlari qöşilgan qiymat soliği böyiça imtiyozlar bekor qilinmoqda.
Aksiz soliği
Aksiz soliği stavkalari 2022 yil 1 iyundan örtaça 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda.
(Qat'iy stavkalar har yili indeksatsiya qilinadi (inflatsiya indeksiga)
Aksiz böyiça asosiy özgarişlar:
- Tamaki mahsulotlari importiga aksiz soliği stavkasi 2022 yil 1 yanvardan 10 foizga;
- Alkogol mahsulotlari importiga 2022 yil 1 iyundan 10 foizga;
- 2022 yil 1 yanvardan alohida turdagi tamaki mahsulotlariga (çilim uçun tamaki, çekiladigan, örama tamaki, qizdiriladigan tamaki, nikotinli tamakisiz snyus, tarkibida nikotin mavjud bölgan suyuqlik) importiga aksiz soliği stavkasi 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda;
- Respublikada işlab çiqarilgan va import qilingan benzin uçun yagona soliq stavkasi belgilanmoqda;
- Suyultirilgan gazga aksiz soliği stavkasi bekor qilinmoqda (amalda 30 foiz);
- Polietilen granulalariga aksiz soliği stavkasi 20 foizdan 10 foizgaça pasaytirilişi belgilanmoqda;

















