Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» AJning yangi boshlig‘i xodimlarni ogohlantirmasdan yoppasiga ishdan bo‘shatayotgani aytildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» AJga yangi rahbar etib tayinlangan G‘.Mamatqulov xodimlarni ommaviy tarzda hech bir ogohlantirishlarsiz ishdan bo‘shatib yuborayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Xabar yuzasidan Mehnat vazirligi munosabat bildirdi.
Munosabatda ma'lum qilinishicha, «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» AJda sodir bo‘layotgan holat yuzasidan Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rganish ishlari olib borgan.
O‘rganish davomida, «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan Mehnat kodeksining 100-, 102-, 108-moddalari talablariga rioya qilmagani aniqlangan.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda aytib o‘tilgan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga da'vo arizasi kiritilgan.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda sud da'vo arizalari ko‘rib chiqmoqda. O‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim qilinadi.
Mavzuga oid
23:09 / 04.07.2026
Zarafshon daryosi “chegaradan chiqdi”: temiryo‘l loyihasida bu hisobga olinmaganmi?
19:25 / 03.07.2026
“Zarafshon daryosida suv sarfi keskin oshgani sabab bo‘ldi” – Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirilganiga izoh berildi
17:00 / 25.06.2026
Mehnat inspeksiyasi Adiz Boboyevga ogohlantirish yubordi
08:45 / 16.06.2026