«Svetofor koalitsiya» va kansler Şolsomat. Germaniyaning yangi hukumati va rejalari haqida
|22:15 / 25.11.202112 2569 min
Germaniyadagi uç siyosiy partiya - sotsial-demokratlar, yaşillar va erkin demokratlar - sotsialistlar yetakçisi Olaf Şols rahbarligida mamlakatning yangi hukumatini şakllantiriş böyiça kelişuvga erişdi. Bu haqda çorşanba kuni uç siyosiy kuç yetakçilari iştirokidagi uçraşuvda e'lon qilindi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
«Svetofor-koalitsiyasi taşkil etildi. Sotsial-demokratlar, yaşillar va erkin demokratlar koalitsion kelişuvni tasdiqlaşdi va öz-özidan koalitsion hukumat tuziş böyiça ham kelişib olişdi. Endi biz bu kelişuvni öz partiyalarimizda ovoz beriş jarayoniga qöyamiz va bor imkoniyatlarni işga solgan holda yaqin ön kunda bu kelişuv partiyalarda tasdiqlanişiga harakat qilamiz», deya ma'lum qildi Olaf Şols Berlindagi matbuot anjumanida.
Bu koalitsiya «Svetofor» deb nomlanişiga sabab - uç partiyaning ranglari bilan boğliq.
Sentabr oyida bundestag uçun saylovlarda Şols yetakçiligidagi sotsial-demokratlar birinçi örinni egallagan, bu uç partiyaning umumiy natijasi esa köpçilikni taşkil etiş uçun yetarli hisoblanadi.
Yangi hukumat dasturidagi asosiy punktlardan biri - iqlim özgarişlariga qarşi kuraşiş masalasi böladi: unga köra 2030 yilga qadar kömir elektrstansiyalarini yopiş (hozirgi hukumat muddati 2025 yilgaça), şuningdek, benzin va dizel yonilğilarida yuruvçi avtomobillardan voz keçiş közda tutilgan.
Germaniyani 16 yil mobaynida boşqargan (4ta saylov sikli) kansler Angela Merkel saylovlardan ança avvalroq 2021 yilgi saylovlarda qatnaşmasligi va siyosatdan ketişi haqida e'lon qilgandi. Uning partiyasi - Xristian-demokratik ittifoq sentyabrdagi saylovlarda ikkinçi örinni oldi va koalitsiya böyiça kelişuvga erişa olmagaç, muxolifatga ötdi.
Merkel va uning hukumati koalitsiya böyiça muzokaralar olib borilgan ötgan ikki oy mobaynida öz postlarida qoldi, ammo çorşanba kuni, ular sönggi yiğilişni ötkazişgan. Yangi hukumat dekabr oyining ikkinçi haftasida rasman e'lon qilinişi kutilmoqda.
Undan oldin koalitsiya kelişuvi, ya'ni yangi hukumat dasturi koalitsiya a'zolari bölgan barça partiyalar tomonidan ma'qullanişi kerak. Yaşillar uni barça partiya a'zolari muhokamasiga kiritmoqçi, sotsial-demokratlar va erkin demokratlar partiya konferensiyalarini 4-5 dekabr kunlariga çaqirgan.
Germaniyada uç partiyadan iborat koalitsiya tuzilişi öng markazçilarning XDI/XSI bloki va söl markazçilarning Sotsial-demokratik partiyasi kuçlarining önlab yillar davom etgan boşqaruv davriga yakun yasab bermoqda - bu vaqt mobaynida uşbu ikki asosiy kuç bir-birini almaştirib yoki bir-biri bilan koalitsiyaga kirişib mamlakatni boşqarib kelgan.
Mavzuga oid
Endi germaniyalik va yevropalik tahlilçilarni hozirça javobi heç kimda yöq savol öylantirmoqda: söl markazçilar (sotsial-demokratlar), söllar (yaşillar) va öng liberallar (erkin demokratlar) iştirokidagi hukumat naqadar barqaror va layoqatli böladi?
Öz navbatida, butun Yevroittifoqdagi ham Germaniyadagi siyosatga boğliq hisoblanadi.
Nemis şarhlovçilari yangi hukumat Rossiya bilan munosabatlarda jiddiy özgarişlar qilişini kutayotgani yöq.
Sotsial-demokratlar avvaldan Moskva bilan nisbatan döstona munosabatlarda bölib kelgan (XDIga nisbatan), ammo rasmiy Moskvaning sönggi yillardagi harakatlari tufayli germaniyalik siyosatçilar Rossiya bilan döstona aloqalarga kirişişi yoki "business as usual" bölişi qiyin bölib qolgan.
Rasman kansler bölişiga oz vaqt qolgan Olaf Şols partiyadagi sobiq rahbari, asr boşida Rossiyani tölaqonli demokratik davlat deb atagan, kanslerlikdan ketgaç Rossiya gaz sanoatida maoş olib işlagan Gerhard Şryodernikidan butkul boşqaça qaraşlarga ega.
Umuman olganda, Şols saylovoldi kampaniyasi davrida, boşqa yetakçi partiyalar yetakçilari kabi taşqi siyosat haqida juda kam gapirdi, gapirgan bölsa ham bu şu vaqtgaça Merkel aytib kelgan gaplarni takrorlaş edi. Uning asosiy tezisi: Germaniya butun Yevroittifoq uçun umumiy bölgan muvofiqlaştirilgan taşqi siyosat olib borişi kerak.
Şu bilan birga, bayonotlar darajasida özgarişlar bölişi mumkin: yangi hukumatda taşqi işlar vaziri lavozimini katta ehtimol bilan Yaşillar partiyasi nomzodi Annalena Berbok egallaydi, bu partiya esa Rossiya masalasida qat'iy va murosasiz pozitsiya tanlagan. Bunga ularda ikki sabab bor.
Birinçidan, ular - Ğarb qadriyatlariga, inson huquqlari va fuqarolik erkinliklarini himoya qiliş tamoyillariga asoslangan taşqi siyosat yuritiş tarafdori. Ikkinçidan esa, ular - qazib olinadigan yonilği turlariga va Rossiyaning «Şimoliy oqim-2» gaz quvuri loyihasiga qarşi, ular koalitsiya kelişuviga Germaniyani 2040 yilgaça gaz energetikasidan xoli qiliş haqida (kömirdan 2030 yilgaça) band kiritişga erişişgan.
Iqlim vazirligi
Hukumatning yakuniy tarkibi, katta ehtimol bilan, dekabr oyida ma'lum böladi.
Kansler Olaf Şols böladi - bunga şubha yöq. Bundan taşqari, Germaniya matbuotida yaşillar vakillari Taşqi işlar vazirligidan taşqari, yangi, ularning taşabbusi bilan taşkil etiladigan Iqlimni muhofaza qiliş vazirligini ham olişadi (yoki Iqtisodiyot vazirligiga «iqlim himoyasi» sözlari qöşilib, bu vazirlik vakolatlari kengaytiriladi). Bu lavozimni yaşillar partiyasining ikkinçi hamraisi Robert Habek egallaşi mumkin.
Erkin demokratlar yetakçisi Kristian Lindner esa, katta ehtimol bilan moliya vaziri böladi. Merkel hukumatida bu lavozimni Olaf Şols egallagandi.
Koalitsiya tuza olmagan Merkel partiyasi endi muxolifat hisoblanadi. Foto: Getty Images
Olaf Şols — amaldagi vitse-kansler va mamlakat moliya vaziri, Sotsial-demokratlar partiyasi a'zosi. U özini nomzod qilib körsatgan partiya rahbari bölmagan yagona nomzoddir. Şols GSDPning konservativ qanotiga mansub. Öta bosiqligi tufayli siyosatçi Şolsomat laqabini olgan, uning nomzodi kanslerlikka ilgari surilişi bahsli bölgandi. U partiyasi reytingi pastligi tufayli hukumatni boşqariş imkoni deyarli yöqligida, 2020 yil avgustidayoq nomzod sifatida tanlangandi. Şolsni partiyadagi eng tajribali va taniqli siyosatçi bölgani uçun tanlaşgan. Butun saylovoldi kampaniyasi davrida Şols raqiblari soyasida qoldi, ammo ular yöl qöygan xatolar tufayli yakuniy qismda eng maşhur nomzodga aylandi va poygada yetakçi bölib qoldi. Uning şaxsiy muvaffaqiyatlari tufayli GSDP reytingini kötarişga va mamlakatda maşhurlik bobida birinçi öringa çiqişga erişdi. Endi, agar kutilmagan burilişlar bölmasa, 63 yoşli Olaf Şols yangi koalitsion hukumatni şakllantiradi va Germaniyaning yangi kansleriga aylanişi ehtimoli yuqori.
Ayni vaqtda 63 yoşda bölgan Olaf Şols Hamburgda ösgan, şu yerda huquqşunoslikka öqigan va ötgan asrning 80-yillarida yuridik idorada mehnat faoliyatini boşlab, mehnat huquqiga ixtisoslaşgan. Şols öşa vaqtdayoq siyosat bilan şuğullana boşlagan, ammo faqat 40 yoşga çiqqanida, 1998 yildagina bundestag deputatligiga saylanişga erişgan, öşanda sotsialistlar hokimiyatga kelişgandi.
Tört yil ötib u partiya boş kotibi, sotsialist kansler Gerxard Şryoder boşçiligidagi GSDP apparati rahbariga aylanadi. Şuningdek, Angela Merkel kansler bölganida uning birinçi koalitsion hukumati tarkibiga kiradi - u Mehnat va ijtimoiy muhofaza vaziri etib tayinlanadi. 2011-2018 yillarda Şols Germaniya tarkibidagi alohida yer maqomiga ega bölgan Hamburg şahri meri bölgan. Olaf Şols va uning rafiqasi Britta Ernst özlarini butunlay siyosatga bağişlagan. Ernst - Brandenburg yeri hukumatida ta'lim vaziri hisoblanadi. Şols 2018 yilda hozirgi koalitsion hukumatda vitse-kansler va moliya vaziri lavozimida.
2019 yilda Olaf Şols partiya yetakçiligi uçun saylovlarda Zaskiya Esken - Norbert Valter-Boryans juftligiga mağlub bölgandi, ammo keyinroq, parlament saylovlari uçun partiyaning kanslerlikka nomzodi sifatida tanlanadi - partiyadagilar bu rolga sölçilar Esken va Valter-Boryansdan köra, konservator Şols köproq mos tuşadi, degan qarorga kelişadi.
Çiqindilarni qisqartiriş
Kömir energetikasidan voz keçişdan taşqari, yangi koalitsiya iqlim özgarişlariga qarşi kuraş doirasida 2030 yilgaça Germaniyada energiya sohasida qayta tiklanadigan manbalar uluşini 80 foizga oşirişni, mamlakat yöllaridagi elektromobillar sonini (2030 yilda) 15 millionga yetkazişni, şuningdek, nisbatan ekologik bölgan temir yöl orqali taşiladigan yuklar hajmini tört barobar oşirişni (yuk maşinalari va samolyotlar orqali taşişni qisqartiriş hisobiga) maqsad qilgan.
Germaniyaning bölğusi hukumati doimiy yaşaş muddatini 5 yilga kamaytiriş orqali fuqarolik oliş tartibini soddalaştirişni va qöşfuqarolikka ruxsat berişni ham reja qilgan. «Bu Germaniyadagi minglab etnik turklar uçun ulkan yangilik, ularning köpçiligi önlab yillar mobaynida Germaniyada yaşab kelayotgan bölsa ham, xorijlik hisoblanişadi», deyiladi Deutsche Welle naşri maqolasida.
Olaf Şolsning saylovoldi poygasidagi asosiy va'dalaridan biri mehnatga haq tölaşning minimal miqdorini soatiga 12,5 yevro etib belgilaş edi. Koalitsiya böyiça hamkorlar bu miqdorni 12 yevroga yetkazişga rozi bölişdi.