O‘zbekiston | 08:05 / 25.11.2021
5682
2 daqiqa o‘qiladi

Yetim qizlar uy-joy bilan ta'minlanadi

Foto: Kun.uz

Prezidentning “O‘zbekiston prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan 2021 yilda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar, shu jumladan xotin-qizlarni ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirish uchun uy-joylarni sotib olish parametrlarining yangi tahriri tasdiqlandi. 

Xususan, har bir hudud kesimida sotib olinadigan kvartiralar soni o‘zgardi. Bunda ularning umumiy soni o‘zgarishsiz qoldi va 1 mingtani tashkil etadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan uy-joy bilan ta'minlash normasi ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg‘iz onasi, yolg‘iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog‘ida bo‘lgan (ilgari - otasidan ayrilgan, yolg‘iz onasi qaramog‘ida bo‘lgan uy-joyga muhtoj) qizlarga ham tatbiq etiladi.
 
Hujjat 23.11.2021 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid