Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari sovuq antitsiklon respublika hududidan chekinadi - «O‘zgidromet»
Kecha kechqurun O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yidan nisbatan sovuq va nam antitsiklon kirib keldi. Kechasi respublika markaziy va sharqiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘di, tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba'zi joylarda kuchli bo‘ldi. Ertalabga kelib kirib kelgan front O‘zbekistonning eng sharqiy hududlari tomoniga qarab siljidi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida quruq va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo bulutli, ba'zi joylarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Shanba va yakshanba kunlari sovuq antitsiklon respublika hududidan asta-sekin chekinadi. Respublika bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Kechalari va ertalablari harorat biroz salbiy qiymatlargacha pasayadi, kunduz kuni esa quyosh nurlari havoni 13-15 daraja iliqqacha isitadi. Respublikaning shimolida harorat kechalari 6-9 daraja iliq, kunduz kunlari 4-7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.