Ilk mehmonimiz – yildan yilga har tomonlama ösişga erişayotgan şarhlovçi, muharrir, muxbir, bloger Orif Tolipov. Yoş şarhlovçi bilan futbol, şarh, undagi qiziq voqealar va boşqa mavzularda suhbatlaşdik. 

Foto: Tribuna.uz

Şarhlovçilikka kirib kelişi

– 2015 yili «Sport» telekanalida tanlov körinişidagi körsatuv taşkil etilgan. Final bosqiçigaça yetib borganman. Öşa körsatuvda ekspertlar orasida bölgan Davron Fayziyev özi uçun bir neça iştirokçini belgilab qöygan ekan. Davron aka 2016 yili «UzReport»da faoliyatini boşlagan. Öşanda kanalga sport muxbiri kerak bölgan. Ulardan «Sizda variantlar bormi?» deb co‘rashganida, meni taklif qilganlar. Öşanda qiziq bölgan. Davron aka qönğiroq qilganida, ovozlaridan tanimaganman. «Hazillaşmang, siz Davron Fayziyev emassiz-u», deganman. Keyin Davron aka biroz töxtab, ovozlarini şarh jarayonidagi tonga tuşirib: «Nega öxşamayaptimi?» deganlar. 

    Sinov tariqasida işga olinganman. Ungaça jurnalistikada faoliyat yuritmaganman, gaz plitasi sexida işlardim.  2017 yilning yozida örtoqlik bahslari orqali şarhga kirib borganman. Debyutim «Latsio»ning öyiniga töğri kelgan. Eslab qolganimning sababi, öyindan oldin tarkiblarni öqiyotganda Immobileni «Immobayl» deb talaffuz qilganman. Davron aka «Yana bir qaytar-çi» deganlar va xatoyimni töğrilaganlar.

    «UzReport»da muxbirlik, muharrirlik ham qilaman. Lekin sevgan kasbim – şarhlovçilik. Şarhni yaxşi köraman. Işxonada böş bölib qolsam ham, şarh xonasiga kirib ötiraman. 

Foto: Tribuna.uz

Tanqidlar

– Davron aka «Yaxşi şarhlovçi böliş uçun kamida 4-5 yil kerak» deb aytganlar. Töxtab qolmasa, öz ustida işlaşda davom etsa, 5 yilda tomoşabinlarning asabiga tegmaydigan şarhlovçi bölib yetişiş mumkin. Negativlar avvalgidan kamaygan bölsa-da, hali ham bor. Hozirça özimdan töliq qoniqayotganim yöq.

  Yuzma-yuz tanqid bölmagan. Bir marta mahalladoşim yölda töxtatib, umuman şarhlovçilarga nisbatan bir e’tirozni aytgan: «Özbek tilini buzib yuboryapsizlar». Men esa futbol terminlarini xalqaro nomi bilan aytişimiz şartligini tuşuntirganman. Ayrimlar «ceyv» sözini işlatişimizdan norozi böladi. Lekin agar bunçalik çuqur yondaşsak, «futbol» sözini ham öylab köriş kerak böladi.