Kun podkastiʼning navbatdagi sonida jurnalist, şarhlovçi Orif Tolipov bilan sönggi Yevropa çempionlar ligasi yarimfinal uçraşuvlari, navbatdagi bahslarning favoritlari, Flikni qiynagan sönggi El-klasiko bahsi, Özbekiston U-17 jamoasining Osiyo kubogidagi muvaffaqiyatli öyinlari, şarhlovçilik qilişning qoidasi borasida suhbatlaşdik.
Çempionlar ligasi öyinlari bir neça kun oldin bölib ötgan ikkita öyin “Arsenal” va “PSJ” hamda “Barselona” va “Inter Milan”. Dastlab Londonda ötgan öyinga töxtalsak. “Arsenal” “PSJ” birinçi öyin 0:1 hisobida “PSJ”ning ğalabasi bilan yakunlandi va öyin şunday bölişi kutilganmidi?
- Yöq, bunaqa ötişini men kutmagandim, özimning qaraşimni aytadigan bölsam, özi umuman avval şuni aytişim kerakki, Yevropa Çempionlar ligasi yarimfinaliga törtta munosib jamoa çiqdi, ya’ni bu doim ham bölavermaydi. Masalan, ötgan yil har holda “Borussia Dortmund” bor edi-da. “Borussia Dortmund”ga çuqur hurmatni saqlagan holatda, u yaxşi klub, zör klub, iqtidorlarni çiqarib beradi, lekin törtalikka kirsa, bu boşidan balandga sakraşdek tuyuladi menga. Ha, hozir “Arsenal”, “PSJ”, “Barselona” hamda “Inter” jamoalarining hammasi munosib. Yana bundan ham munosib jamoalar bor edi, lekin nima qilamizki, Yevropada top klublar köp, ammo yarimfinalda törtta jamoa böladi, finalda ikkita, ğolib esa bitta böladi. Raqobat katta. Şuni aytişim kerak. Va bu juda ham zör şakllanib qoldi törtlik. Buni nimada körsa böladi? Öşa umumiy guruh jadvali böldi, eslasangiz, öşa yangiça formatda umumiy turnir jadvali böldi va öşanda sakkizta tur nihoyasiga yetgandan keyin birinçi törtlikdagi uçta jamoani biz yarimfinalda köryapmiz. “PSJ”dan boşqasi şu törtlikda bor edi. Hatto “Liverpul” ham bölişi mumkin edi, “PSJ” çiqarib yubordi-da uni. Siz söraganingiz, öşa Londondagi uçraşuvda men oçiqroq, köp gollik öyin kutgandim.
Kimdan?
- Ikki jamoa. Ikki jamoa ham oçiq futbol öynaydigan jamoa edi, ya’ni tasavvur şunaqa edi. Artetani ligadagi vaziyat APLda pragmatik bölişga majbur qildi. Jarohatlar sabab mavsum davomida yöqotişlarni örnini töldirib harakat qildi va pragmatik, ya’ni raqibdan kelib çiqadigan yoki moslaşuvçan öyin qilişga majbur böldi.Natija uçun kuraşişga majbur böldi. “PSJ”da heç qaçon unaqa bölmagan, ayniqsa Luis Enrikeda. Biz körganimiz esa öşa çorşanba oqşomida bölib ötgan uçraşuv natija uçun öynadi. Qanaqa bölib? Pari Saint-Germain tez gol urdi va keyin Arsenal javob berişga harakat qilib, javob berişga yaqin kelganda kördiki, Pari Saint-Germain juda oçiq öyna olmaydi, himoyani ham uşlaş kerak va majbur böldi öşa himoyani uşlab turib balans muvozanatini saqlaşga va şu muvozanat saqlangani tufayli biz boşqa gol körmadik. Endi bu yerda yana Donnarummaning öyini, londonliklarning vaziyatlardan foydalana olmasligi ham bor.






