Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning koronavirusga qarshi ikkita yangi dori vositasi O‘zbekistonda sinovdan o‘tkaziladi - OAV
Xitoy Fanlar akademiyasi Shanhay Farmakologiya instituti tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19’ga qarshi ikkita antivirus dori vositasi klinik sinovlar bosqichida turibdi. Bu haqda «Sinxua» xabar berdi.
Dori vositalaridan biri - VV116 COVID-19’ga qarshi nukleozid preparat bo‘lib, u sichqonlarda o‘tkazilgan tajribalarda yaxshi natijalarni ko‘rsatgan. Institutning chorshanba kuni xabar berishicha, u asl COVID-19 shtammi va delta varianti kabi variant shtammiga qarshi in vitro sinovlarida sezilarli ingibitor faollikni namoyish etgan.
«VV116 birinchi bo‘lib O‘zbekistonda klinik sinovlar o‘tkazish uchun tasdiqlangan», dedi institut tadqiqotchisi Shen Jingshan. U Xitoyda ham klinik sinovlar davom etayotganini qo‘shimcha qildi.
Yana bir dori FB2001 deb ataladi. Bu virusning replikatsiyasida asosiy rol o‘ynaydigan hamda muhim ferment bo‘lgan koronavirusning asosiy proteazasidan ishlab chiqilgan va sintez qilingan yangi birikmadir.
Klinik sinovlardan oldingi tadqiqotlarda birikma hujayralarda virusga qarshi kuchli ingibitor faollikni ko‘rsatdi, deydi yetakchi tadqiqotchi Liu Xong.
Mart oyida tadqiqotchilar, 2020 yil iyun oyida Science jurnalida klinik sinovlardan oldingi tadqiqotlar natijalari e'lon qilingandan so‘ng, AQShda 1-bosqich klinik sinovini o‘tkazdi.
Preparat Shanhay Farmakologiya instituti, Shanhay fan va texnologiya universiteti va Xitoy Fanlar akademiyasi qoshidagi Uxan virusologiya instituti tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan.