07:41 / 28.11.2021
11370

«Belenensesh» - «Benfika» o‘yini mezbonlar maydonda 6 kishi bo‘lib qolgani uchun to‘xtatildi

Portugaliya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan «Belenensesh» - «Benfika» o‘yini to‘xtatildi. 

Videodan kadr

Klubda avj olgan koronavirus pandemiyasi tufayli o‘yinni 9 kishi (6 debyutant, o‘ng qanot himoyasida darvozbon o‘ynadi) bilan boshlagan «Belenensesh» tanaffusga 0:7 hisobida chiqib ketdi. Futbolchilar ikkinchi bo‘limda maydonga tushishni istashmadi. Biroq o‘yin davom ettirilishi kerak bo‘lgan vaqtdan 20 daqiqa o‘tib, mezbonlar 7 kishi bo‘lib maydonga qaytishdi. 

Foto: Getty Images 

2 daqiqada so‘ng «Belenensesh» futbolchilaridan biri jarohat olib, o‘yinni davom ettira olmasligini ma'lum qildi. Reglamentga ko‘ra, 6 futbolchi bilan o‘ynash mumkin bo‘lmagani uchun hakam bahsni to‘xtatdi.

Mavzuga oid
Top