Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliya chempionati uchrashuvi tribuna qulashi xavfi sababli bekor qilindi
Portugaliya chempionatining 18-turida “Eshtoril” va “Portu” o‘rtasidagi uchrashuv stadiondagi tribunalardan birining qulab tushishi xavfi sababli bekor qilindi. Bu haqda “Portu” matbuot xizmati ma'lum qildi.
“Portu” tvitterdagi sahifasida Eshtorildagi stadion suratlarini joylashtirgan. Suratlarda stadionning devorlari va konstruksiyalaridagi yoriqlarni ko‘rish mumkin.
Uchrashuv tanaffusida tribunaning beton konstruksiyalaridan birida katta yoriq payqalgan va xavfsizlik nuqtai nazaridan tomoshabinlar maydonga evakuatsiya qilinganlar, so‘ngra stadionni tark etganlar. Uchrashuvning bosh hakami tanaffus vaqtida o‘yinni “Eshtoril” foydasiga 1:0 hisobda bekor qilishga qaror qilgan. Uchrashuv davom ettiriladigan yangi sana keyinroq ma'lum qilinadi.
“Eshtoril” stadioni 1938 yilda qurilgan va 2010 yilda rekonstruksiya qilingan. Stadionning sig‘imdorligi 8 ming kishini tashkil qiladi.
Joriy mavsumda “Eshtoril” 17 o‘yindan keyin 12 ochko bilan 16-o‘rinni, “Portu” esa 45 ochko bilan 2-o‘rinni egallamoqda. Chempionatda 18 ta o‘yindan keyin 46 ochko bilan Lissabonning “Sporting”i peshqadamlik qilmoqda.
Mavzuga oid
11:26 / 21.05.2026
«Bunyodkor» stadioni ishchilarining oyligi undirib berildi
00:43 / 19.03.2026
Saudiya Arabistonida zamonaviy texnologiyalar asosidagi ulkan stadion qurilmoqda
20:14 / 11.11.2025
Prezident Yangi Toshkentda 55 ming o‘rinli stadion qurilishiga tamal toshi qo‘ydi
10:06 / 12.09.2025