14:09 / 28.11.2021
39123

Foto: 30 yil oldin g‘arq bo‘lgan qishloq suv ostidan ko‘rinish berdi

Ispaniyaning Aseredo qishlog‘i 1992 yilda Portugaliyaning Lima daryosidagi gidroelektrstansiya suv o‘tkazgichini yopib qo‘yganida suv ostida qolgandi. Natijada Ispaniyadan boshlanuvchi Lima daryosi o‘z qirg‘oqlaridagi uylarni cho‘ktirib yuborgan. Ammo ba'zida Limada suv sathi pasayganida g‘arq bo‘lgan qishloq yer yuzasida ko‘rinadi.

Miguel Riopa / AFP / Scanpix / LETA

1968 yilda Ispaniya va Portugaliya umumiy daryo Limadan Lindozo to‘g‘onini qurish uchun foydalanish haqida kelishuv imzolaganida Aseredo qishlog‘i kelajagi xavf ostida qoladi.

Kelishuv Lima qirg‘oqlaridagi qishloqlarni suv bosishi va aholini boshqa joyga ko‘chirishni nazarda tutgan.

Mahalliy qishloqlar aholisini ko‘chirish uchun Portugaliyaning EDP gidroenergetika kompaniyasi ularga pul taklif qiladi. Biroq Aseredoda yashagan ko‘pchilik odamlar dastlab o‘z uylarini tark etishni istamaydi va qarshilik ko‘rsatib, ochlik e'lon qilishdi.

Nihoyat, kompaniya aholining 51 foizini ko‘chish va pulni olishga ko‘ndiradi. Qolganlarning esa rozilik bildirishdan o‘zga chorasi qolmaydi. Qishloq suv ostida qoladi.

Aseredoliklar boshqa qishloqlar aholisi kabi o‘z uylarini umrbod tark etishga majbur bo‘ladi.

Kichik qishloqdagi uy va inshootlar xarobalari odatda suv ostiga yashiringan.

Biroq Portugaliyadagi Lindozo suv ombori suv sathi pasayganida Aseredo suv yuzasida paydo bo‘ladi.

Miguel Riopa / AFP / Scanpix / LETA

Ko‘plab binolarning devorlari suv tufayli qulagan. Deraza romlari bo‘shab qolgan. Biroq ayrim inshootlar hayratlanarli darajada yaxshi saqlangan.

Miguel Riopa / AFP / Scanpix / LETA
Miguel Riopa / AFP / Scanpix / LETA

Qishloqda jami 70ta uy bo‘lgan. Ularda 120 nafarga yaqin kishi yashagan.

Miguel Riopa / AFP / Scanpix / LETA

30 yil davomida suv ostida bo‘lganiga qaramay, qishloqda tosh devorlar bilan o‘ralgan qishloq xo‘jaligi yerlari chegaralari, shuningdek, eski yo‘l va yo‘laklar saqlanib qolgan.

Miguel Riopa / AFP / Scanpix / LETA

Eski avtomobillar va aholiga tegishli shaxsiy buyumlar hali ham xarobalar tagida. Vaqt o‘tishi bilan metall zanglaganiga qaramay, shisha butilkalar aholi uyni tashlab ketgan kundagi kabi saqlanib qolgan.

AFP

Aseredodan tashqari, yana to‘rtta qishloq suv ostiga g‘oyib bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top