Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyatidagi tuman va shahar hokimliklari axborot xizmatlari xodimlariga 2-3 oydan buyon maosh berilmayapti
Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan axborot xizmatlari rahbarlari va xodimlariga oylik to‘lanmay kelinmoqda. Aksariyat tumanlarda oyliklar kechikkan yoki 2-3 oydan beri umuman berilmagan.
Kun.uz saytining Andijon viloyati uchun ochilgan telegram sahifasi orqali viloyatdagi tuman va shaharlarning axborot xizmatlari xodimlariga 2-3 oydan beri maosh to‘lanmayotgani haqida murojaat joylashtirildi.
Unda qayd etilishicha, faqat ikki yoki uch tumanda oylik o‘z vaqtida berilayotgani ma'lum. Qolgan tuman va shaharlar axborot xizmati xodimlari esa maoshsiz qolishmoqda. Moliya bo‘limi xodimlari bilan matbuotchilar o‘rtasida maosh ajratish masalasida tortishuvlarga ham borilmoqda.
Bir necha tumanlar axborot xizmatlari rahbarlari Kun.uz muxbiri bilan suhbatda oylik masalasidagi muammolarni tasdiqlab, oyliksiz ishlashayotgani, mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobiga berilishi kerak bo‘lgan oyliklar berilmayotganini ta'kidlashdi.
“Ishlagan ishimiz uchun vaqtida oylik berishlarini so‘rayapmiz. Xuddi o‘z yonidan berganday jahl ham qilib qo‘yishadi. Murojaatimiz e'lon qilingandan keyin bizga bosim ham bo‘lishi mumkin. Lekin ilojimiz qolmadi. Quruq oyliksiz ishlab bo‘lmaydi. Oilaga, ro‘zg‘orga xarajat qilish kerak", deydi ulardan biri.
Mavzuga oid
09:20 / 03.03.2026
819 mln so‘mlik oltinni chegaradan yashirincha olib o‘tishga uringanlar ushlandi
13:24 / 28.02.2026
Yotoqxona uyidan kvartira “olib berish” va’dasi: tezkor tadbir natijasi
13:51 / 26.02.2026
Andijonda 9 yoshli bola yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida vafot etdi
09:58 / 12.02.2026