Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekspert 2-3 kilometr masofada beshta yo‘l belgisi noto‘g‘ri o‘rnatilganini ko‘rsatib berdi
Senat ekspertlar kengashi a'zosi Nosirjon Zokirov Toshkentning Bunyodkor shohko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib, Botir Zokirov ko‘chasida harakatni davom ettirdi. U bir necha kilometrlik masofa ichida “Yo‘l harakati qoidalari”ga zid o‘rnatilgan 5ta holatni sanadi va o‘z e'tirozlarini bildirib o‘tdi.
Xususan, ekspertga ko‘ra Bunyodkor shohko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasi chorrahasiga 4.1.2 yo‘l belgisi noto‘g‘ri o‘rnatilgan. Islom Karimov va Furqat ko‘chalari chorrahasida 4.1.1 yo‘l belgisi noto‘g‘ri o‘rnatilgan. Toshkent shahar hokimligi qarshisidagi 3.27 yo‘l belgilari ketma-ketligi noto‘g‘ri.
Islom Karimov ko‘chasidan Botir Zokirov ko‘chasiga burilishda bo‘laklar bo‘yicha harakatlanish belgisi yetishmaydi. Konservatoriya yaqinida esa, 3.27 belgilari asossiz ravishda ko‘p.
Mavzuga oid
20:31 / 02.11.2025
Endi ayrim yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun dastlab ogohlantirish beriladi
21:31 / 16.09.2025
Navoiyda mast holda 23 nafar bolani tashigan DAMAS haydovchisi ushlandi
10:49 / 11.09.2025
Yo‘l harakati qoidalarini tizimli ravishda buzganlar jarima bo‘yicha chegirmadan mahrum bo‘ladi
19:00 / 26.06.2025