Soğliqni saqlaş vaziri buyruği bilan xavfsizlik kamarini taqiş imkoni bölmagan kasalliklar va holatlar röyxati tasdiqlandi.

Röyxat hukumatning «Yöl harakati qoidalarini tasdiqlaş töğrisida»gi qaroriga muvofiq işlab çiqilgan bölib, unda belgilangan kasalliklarga ega va tibbiy ma’lumotnomasi mavjud fuqarolarga xavfsizlik kamaridan foydalanmaslikka ruxsat beriladi.

Hujjatga köra, röyxatga suyak sinişlari, oğir yurak-qon tomir va öpka kasalliklari, nafas oliş yöllari kasalliklari, past böylik, ayrim jarrohlik amaliyotidan keyingi holatlar, şuningdek, jismoniy çeklovlar bilan boğliq kasalliklar kiritilgan.

Röyxat soğliqni saqlaş vazirining 2025 yil 24 dekabrdagi 29-son buyruği bilan tasdiqlangan.

Mazkur kasalliklar mavjudligini tasdiqlovçi elektron tibbiy ma’lumotnoma QR-kod bilan rasmiylaştiriladi va «Elektron soğliqni saqlaş» axborot tizimi orqali beriladi. Ma’lumotnoma bemor biriktirilgan birlamçi tibbiy-sanitariya muassasasi yoki u davolangan tibbiyot taşkiloti tomonidan rasmiylaştiriladi.

Tibbiy ma’lumotnoma kasallik turiga qarab 1 yilgaça bölgan muddatga yoki doimiy (muddatsiz) tarzda berilişi mumkin.

Yöl harakati qoidalariga muvofiq, haydovçi va old örindiqdagi yölovçilar harakat boşlaşdan oldin avtomobil xavfsizlik kamari bilan jihozlangan bölsa, kamarni majburiy tarzda taqişi lozim.

Haydovçi, şuningdek, yölovçilarni xavfsizlik kamari taqişga ogohlantiriş majburiyatiga ega. Orqa örindiqdagi yölovçilar uçun esa bu talab şartli bölib, 12 yoşgaça bölgan bolalar, homilador ayollar va soğligi sabab kamar taqolmagan şaxslar bundan mustasno.

Xavfsizlik kamarini taqmaganlik holatida haydovçiga BHM yarim barobari miqdorida jarima (206 ming söm) qöllanadi.