Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolaga avtomobilni boshqarishga ruxsat berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 iyun kuni yo‘l harakati ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Unda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.
Ayrim fuqarolar tomonidan voyaga yetmagan shaxslarga transport vositasini boshqarishga ruxsat berilayotgani, bu esa yo‘llarda o‘lim va jiddiy jarohat olish holatlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi.
Shu bois, yangicha yondashuv asosida yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, og‘ir oqibatli avariyalarning oldini olish, buning uchun javobgarlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Prezident yo‘llarda inson hayoti va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ma’qulladi. Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Mavzuga oid
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:03 / 02.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gurjistonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
21:12 / 02.07.2026