Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSV tizimi shifokorlariga 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nogironlikni belgilash bo‘yicha yuklangan qo‘shimcha funksiya bekor qilindi
Prezident “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyati hamda bolalarga nogironlikni belgilash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tashkil etildi va shu munosabat bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining shifokorlari zimmasiga 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nogironlikni belgilash bo‘yicha yuklatilgan qo‘shimcha funksiyalar bekor qilindi.
Belgilab qo‘yilishicha, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogironligi bo‘lgan bola deb topish pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. 18 yoshdan katta fuqarolarni nogironligi bo‘lgan shaxs deb topish tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi tuzilma hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida ikkitadan pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida bittadan pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari, Qashqadaryo, Sirdaryo, Xorazm va Namangan viloyatlarida qo‘shimcha ravishda bittadan tumanlararo tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasida 3 nafar shtat birligidan iborat informatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘limi tashkil etildi.
Mavzuga oid
14:39 / 05.01.2026
Elektron hisobvaraq-fakturalar “past” va “yuqori” xavf toifalariga ajratiladi
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025