Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 dekabr kuni O‘zbekistonda havo harorati 23 darajagacha ko‘tariladi
Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 1 dekabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi.
Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja iliq, kunduzi 19-21 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba'zida esa 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:18 / 12.06.2026
Hafta davomida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
10:45 / 12.06.2026
O‘zgidromet aholini sel va suv toshqinlaridan ogohlantirdi
11:24 / 08.06.2026
Hafta davomida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
08:14 / 06.06.2026