Ushbu loyiha doirasida Andijon viloyatidagi aholi xonadonlariga 190 mingdan ortiq zamonaviy elektron gap hisoblash uskunalari bepul ravishda o‘rnatib berildi.




“Viloyatimizdagi mavjud 221 013 ta tabiiy gaz iste’molchining xonadonlariga “aqlli” gaz hisoblagichlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 43 069 donasi ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar xonadonlariga, 177 404 dona hisobdon esa hovli-uylarga o‘rnatiladi.
“Aqlli” hisobdonlar bugungi kunda aniq rejim asosida ishlamoqda. Bunda har bir iste’molchiga yetkazib berilgan tabiiy gazning hisob-kitobi olib borilmoqda. Avtomatik tarzda ishlovchi hisoblagichlar iste’molchi sarf qilgan tabiiy gaz ko‘rsatkichlarini onlayn tarzda dasturga uzatadi va bu bilan inson omilisiz sarflangan tabiiy gaz haqidagi ma’lumotlar yig‘ib boriladi.
Aytish mumkinki, elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatilgach, tabiiy gazning aniq sarfi ayon bo‘lmoqda. Avvallari gazning hisob-kitobi aniq bo‘lmagan holda, xato va kamchiliklar bilan yuritilgan. Bunda inson omilining mavjudligi ta’minotchi va iste’molchi orasida tushunmovchiliklarni ham keltirib chiqargan. “Aqlli” hisoblagichlar o‘rnatilgach esa har bir metr kub tabiiy gaz iste’molining egasi aniqlanmoqda.


Iste’mol qilinayotgan tabiiy gazni nafaqat biz, ya’ni ta’minotchi korxona, balki iste’molchi ham maxsus ilova orqali ko‘rib turishi mumkin. Gaz ta’minoti borasida shaffoflikni ta’minlash maqsadida “Hududgazta’minot” AJ tomonidan aholi iste’molchilari uchun yangi turdagi shaxsiy kabinetlar joriy qilindi. Ushbu qulaylikdan foydalanish uchun quyidagi https://cabinetaskug.hududgaz.uz/ ilova orqali kirish mumkin”, – deydi “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali bo‘lim boshlig‘i Sarvarbek Hasanov.


















