Prezidentning “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanişi uçun qulay şaroitlar yaratişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga muvofiq akkreditatsiyadan ötgan tadbirkorlik sub’yektlariga hisoblagiçlarni qiyoslaşdan ötkaziş vakolati berilgan.
Quyidagilar:
- tabiiy gaz hisoblagiçlarini davriy qiyoslaşdan ötkaziş xizmatini körsatiş qoidalari;
- elektr energiya hisoblagiçlarini davriy qiyoslaşdan ötkaziş xizmatini körsatiş qoidalari;
- içimlik va issiq suv hisoblagiçlarini davriy qiyoslaşdan ötkaziş xizmatini körsatiş qoidalari tasdiqlanadi.
Belgilanişiça:
- hisoblagiçlarni qiyoslaşdan ötkaziş xizmati muqobil tarzda amalga oşiriladi;
- metrologiya sohasida barça xizmatlarni markazlaşgan ma’lumotlar bazasini şakllantiriş va uning oçiqligini ta’minlaş, şuningdek qiyoslaş bayonnomalari va xulosalarini töliq elektron şaklda amalga oşiriş maqsadida hisoblagiçlarni qiyoslaşdan ötkaziş “Texnik tartibga soliş” milliy axborot tizimi orqali amalga oşiriladi.
Belgilab qöyilişiça, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi hisoblagiçlarni qiyoslaş faoliyati bilan şuğullaniş uçun tegişli tartibda akkreditatsiyadan ötgan metrologiya xizmatlarini moliyaviy-xöjalik faoliyatiga aralaşmagan holda hisoblagiçlarni qiyoslaşdan ötkaziş faoliyatini masofaviy tarzda monitoring qiladi.












