«Navoiyda qurilishlar asosan 3ta korxonaga berilgan». Tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘ymaslik uchun respublika shtabi tuziladi

Foto: Kun.uz
Aholini uy-joy bilan ta'minlash dasturi ijrosini samarali tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektorda prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatlarda uy-joy qurilishi uchun pudratchi tanlashda shaffoflik yo‘qligi bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi.
«Viloyat hokimlari va ularning qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlari uy-joy qurilishi uchun pudratchi tanlashda 2-3ta tashkilot bilan cheklanmoqda.
Misol uchun, Navoiyda deyarli barcha qurilishlar 3ta korxona tomonidan amalga oshirilmoqda («Minor Millenium», «Sharq jilov me'morlari», «Sharq qurilish»).
Buning salbiy oqibatlarini Jizzax misolida hamma ko‘rdi», degan davlat rahbari.
Shuningdek, qurilish sohasiga sarflangan har bir so‘m ega-egasigacha to‘liq yetib borishi zarurligi ta'kidlandi. Shu bois, kelgusi yildan davlat hisobidan bo‘ladigan qurilishlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yangi tizim yaratiladi.
Bosh prokuror o‘rinbosari boshchiligida respublika shtabi va viloyat shtablari tuziladi. Ular, qurilish narxlarini asossiz oshirish, raqobatni buzish, tasdiqlangan loyihalarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish, tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘ymaslik ustidan qat'iy nazorat o‘rnatadi. Bu masalada banklar ham teng javobgar bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akrom Rahmonqulov 2018 yilda lavozimga tayinlangach, uyushgan jinoiy guruh tuzib, 494 milliard so‘mlik 82 ta obektda qurilish-ta'mirlash ishlarini o‘zining rahnamoligidagi 9 ta pudrat tashkilotiga topshirib, qurilish ishlari hajmini sun'iy ravishda oshirilgan narxlarda rasmiylashtirish, qo‘shib yozish orqali qariyb 20 milliard so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilgandi. Bosh prokuratura bu hozirgacha tergovda aniqlangan ma'lumotlar ekanini aytgandi.
Shavkat Mirziyoyev 15 yanvar Akram Rahmonqulovni davlat siyosatiga xiyonat qilganlikda ayblab, viloyat hokimi o‘rinbosarining butun to‘dasiga qonuniy jazo ko‘rish kerakligini ta'kidlagandi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi o‘zgarmoqda
Iqtisodiyot | 12:05
-
Gagauziya rahbari Gutsul tergov izolyatoridan uy qamog‘iga o‘tkazildi
Jahon | 11:57
-
Toshkentda Sultoniya ko‘chasida transport harakati vaqtincha cheklanadi
Jamiyat | 11:43
-
Toshkentda yuk mashinasiga urilgan Isuzu yonib ketdi. Qurbonlar bor
Jamiyat | 11:29
Mavzuga oid

16:37 / 09.04.2025
Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

15:48 / 09.04.2025
«Sayyohlar yo‘llar ahvolidan norozi» - mutasaddilarga «turizm halqasi»ga kirgan yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha ishlarni boshlash topshirildi

16:51 / 02.04.2025
Navoiyda 10-sinf o‘quvchisi talabalikni naqd qildi. U 11-sinfni o‘qimasa bo‘ladimi?

12:08 / 24.03.2025