Yiğilişda qayd etilişiça, yirik va megaloyihalarga sarmoya kiritayotgan investorlar import qilinadigan quriliş materiallarini qöşilgan qiymat soliğidan ozod qilişni söramoqda. Şu bilan birga, mahalliy işlab çiqaruvçilar ham soliq imtiyozlari ularga nisbatan ham qöllanilsa, sifat va standartlar böyiça raqobat qilişga tayyor ekanini bildirmoqda.

Şu munosabat bilan mutasaddilarga yirik loyihalarga import va mahalliy mahsulotlarni yetkazib berişda teng şaroit yaratiş böyiça qaror loyihasini işlab çiqiş topşirildi.
Yiğilişda quriliş materiallari sohasidagi 457 ta korxonaning muddati ötgan kredit qarzdorligi 3,5 trillion sömga yetgani ham ta’kidlandi. Bunga mahsulot tannarxining yuqoriligi va ayrim mahsulotlar bozor talabiga töliq javob bermayotgani sabab qilib körsatildi.
Prezident har bir korxonani alohida örganib, ularni moliyaviy soğlomlaştiriş böyiça qisqa muddatli dastur işlab çiqişni hamda bu maqsad uçun 50 million dollarlik moliyaviy resurs ajratişni topşirdi. Mazkur mablağlar işlab çiqariş quvvatlarini modernizatsiya qiliş, tannarxni pasaytiriş va bozorda talab yuqori bölgan mahsulotlar işlab çiqarişga yönaltiriladi.
Şuningdek, yaqinda qabul qilingan ikki yillik dastur doirasida 34 ta yirik turizm obekti, 1 mingdan ortiq joylaştiriş vositasi, jumladan 200 ta mehmonxona qurilişi rejalaştirilgani qayd etildi.
Davlat rahbari hududlarda barpo etiladigan mehmonxonalarda mahalliy quriliş materiallari uluşini kamida 95 foizga yetkaziş zarurligini ta’kidladi. Buning uçun kelgusi yil yakuniga qadar lok-böyoq, santexnika buyumlari, PVX quvur va fitinglar, gulqoğoz hamda dekorativ panellar işlab çiqariş hajmini oşiriş vazifasi belgilandi.
















