Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuziga xalal beruvchi «choralar majmuasi» tayyorlanayotganini ma'lum qildi
Jo Bayden mavjud vaziyat bo‘yicha AQShning Yevropadagi ittifoqchilari va Ukraina bilan doimiy aloqada bo‘lib turganini ta'kidladi.
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyaning Ukrainaga nisbatan tajovuzkorona harakatlarini amalga oshirishni qiyinlashtiradigan choralar majmuasi tayyorlanayotganini ma'lum qildi.
«Men odamlar Putin qilishi mumkinligidan xavfsirayotgan ishni amalga oshirishni juda qiyinlashtiradigan tashabbuslar to‘plamini jamlayapman. Hozirda bu ishlab chiqish jarayonida», — dedi Bayden.
U mavjud vaziyat bo‘yicha AQShning Yevropadagi ittifoqchilari va Ukraina bilan doimiy aloqada bo‘lib turganini ta'kidladi.
Avvalroq Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov RF prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Bayden onlayn muzokaralar davomida qaysi mavzularda suhbatlashishini ma'lum qilgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, prezidentlar «ikki tomonlama ishlar, xalqaro kun tartibi, xususan, Afg‘oniston, Iroq, Ukraina, Liviya, suhbat borishiga qarab Suriyaga oid masalalarni muhokama qiladi».
Mavzuga oid
17:31 / 17.02.2026
BMT: Rossiya zarbalari Ukrainadan qochqinlarning yangi to‘lqiniga sabab bo‘lishi mumkin
14:37 / 17.02.2026
Kreml: Jyenevadagi Rossiya delegatsiyasi tarkibi kengaytiriladi
14:08 / 17.02.2026
Rossiyaga sotilmay qolgan neftni saqlash uchun resurslar yetishmasligi tahdid solmoqda
11:54 / 17.02.2026