Töğri, har qanday kişi istagan mavzusi yuzasidan fikr bildirişga haqli. Ammo bu mavzu atrofida yolğon, haqiqatga mutlaqo töğri kelmaydigan axborotlar ham tarqatilmoqda. Bu esa jamoatçilikda turli yangliş fikrlar uyğonişiga sabab bölmoqda.

Bugun lotin alifbosi islohoti haqida 10ta mif haqida gaplaşamiz. Ma'lumotlar sizga mavzu borasida töğri xulosa çiqarişga yordam qiladi.

1-mif: «Yana yangi alifbo qabul qilinmoqda...»

Bu borada atama va talqinlar notöğri qöllanmoqda. Masalan, lotin yozuvi atamasi örnida lotin tili, alifbo islohi ifodasi örnida alifboni yangilaş kabi.

Aslida alifbo yangilanmayapti, faqat takomillaştirilmoqda. Kimdir emas, bu iş ustida yuzdan ortiq filolog-olimlar ikki yildan ziyod mehnat qilişdi. Olimlar jahon va mahalliy tajribadan kelib çiqib, alifboni qulaylaştirmoqda.

Axir, şundoğam qulaylik uçun «o‘» harfi örniga «6» sonini, «sh» harfi örniga «w» (dablyu) harfini, «ch» harfi örniga «4» sonini yozib yurgan yoşlar kammi?

Qolaversa, takomillaştirilayotgan harflar hatto almaştirilmayapti, digrafli harflarning bir belgisi olib taşlanyapti, xolos. «O‘» va «G‘» harflari esa yozma körinişi qanday bölsa, bosma şakli ham şu körinişga keltirilmoqda. Qolgan 25ta harf esa qanday bölsa, şundayligiça qolmoqda.