Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etildi
Prezident “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati negizida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha vakolatli ofislari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari negizida agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari tuzildi.
Tumanlar va shaharlardagi bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari negizida tuman (shahar) hokimliklari tarkibida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari tashkil etildi.
Belgilab qo‘yilishicha, agentlikka Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi; agentlik huzurida bir yil muddatga doimiy faoliyat yuritadigan “Mahallabay ishlash shtabi” tashkil etiladi; Markaziy bank, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi rahbarlarining tegishli o‘rinbosarlari bir yil muddatga boshqa barcha vazifalarni bajarishdan ozod etilgan holda “Mahallabay ishlash shtabi”ga xizmat safariga yuboriladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari shaklida ochiladigan Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini boshqarish vazifasi yuklandi.
Mavzuga oid
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
20:38 / 19.03.2026
Prezident mahalla tizimining bir guruh xodimlarini taqdirladi
14:46 / 10.02.2026
Mahallalarda tadbirkorlikni boshlash uchun 50 mln so‘mgacha garovsiz mablag‘ ajratiladi
15:31 / 24.01.2026