“O‘ynab yurgan bolalarni ko‘rib ezilaman” – xasta farzand g‘amida yashayotgan ona
“O‘g‘lim bir yoshga to‘ldi, lekin tanasini tutolmaydi, harakatlana olmaydi. Uni xorijda davolatish mumkin ekan. Lekin bunga imkonimiz yo‘q. Bolalarning o‘ynab yurganini ko‘rsam bolamning o‘rnidan turolmasligini o‘ylab ichim eziladi”, - deydi bolakayning onasi.
“Ikki nafar o‘g‘il farzandim bor. Ikkinchi farzandimga homiladorligimda koronavirus infeksiyasiga chalindim. Keyin o‘g‘lim tug‘ildi. Juda ko‘p yig‘lardi, birdaniga shishib ketadigan bo‘lib qoldi. Bir kun cho‘miltirayotib umurtqasida kichkina shish ko‘rdim va ko‘p yotish oqibati bo‘lsa kerak deb o‘yladim. Ammo bu shish kattalashib, ko‘paya boshladi”, — deydi bemorning onasi Maftuna.
Uning o‘g‘li Muhammadali bir yoshga to‘ldi. Lekin u o‘z tanasini tutish, emaklash, harakatlanish imkoniyatiga ega emas. Unga hindistonlik shifokorlar neyrofibromatoz tashxisi qo‘ygan bo‘lib, bu xastalikni davolatish uchun xorijga borish tavsiya qilingan.
Oila boshlig‘i haydovchilik orqasidan oila tebratadi. Murg‘ak go‘dakni xorijda davolatish ular uchun mushkul ish bo‘lib turibdi. Barcha imkoniyatlarini ishga solib mablag‘ to‘plashga kirishgan oila yaxshilarning ko‘magiga muhtoj.
Kunlari hadik va xavotir bilan o‘tayotgan ona eng katta orzusi – farzandi sog‘ayib ketishi ekanligini aytadi: “Bolalarning o‘ynab yurganini ko‘rsam bolamning o‘rnidan turolmasligini o‘ylab ichim eziladi. Ona uchun bu azob ekan. Bolamni yo‘qotib qo‘yishdan judayam qo‘rqdim, yashashini shunchalar istaymanki...
Oyoqqa turib, akasi kabi yugurib yurishini orzu qilaman”.
Har bir farzand o‘z ota-onasi uchun naqadar azizligi ayon. Shuni his qilganlar bu onaning dardini tushunib, yordam qo‘lini cho‘zishi, bir bolakayning sog‘lom bolalar qatoriga qo‘shilishida o‘z hissalarini qo‘shishlariga ishonamiz.
Muhammadali Habibullayevga oid ma'lumotlar:
O‘zkard: 8600 3329 4876 5676 buvisi Marg‘uba Toshmuhamedova nomida
Mavzuga oid
23:49 / 08.11.2024
Britaniyada hospis yopilmasligi uchun 6 mln funt sterling xayriya mablag‘i to‘plandi
22:50 / 08.10.2024
Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan marafon uch oyda 378 ming yevro to‘pladi
13:08 / 31.08.2024
AQShda shahar hokimiyati 12 yoshli bolaning xayriya do‘konini yopdi. Aholi bola uchun 20 ming dollar yig‘ib berdi
08:23 / 20.08.2024