Ştandart — maxsus turdagi bayroq. U prezidentlik belgisi (ramzi) hisoblanadi. Ştandart Prezident iştirok etadigan barça muhim tadbirlarda, inauguratsiya (qasamyod qabul qiliş) paytida hamda Prezident qarorgohlarining binolari va xizmat xonalarida kötariladi.

Foto: President.uz

Prezident belgisi — Prezidentning farqlovçi rasmiy belgisi hisoblanadi. Prezident belgisi uşbu lavozimga saylangan şaxsga lavozimga kirişiş çoğida u qasamyod qabul qilganidan söng ştandart bilan birga topşiriladi va konstitutsiyaviy vakolat muddati tugagunga qadar prezidentda saqlanadi.

Foto: President.uz

Ştandart sözi hollandça “standard”, nemisça “standarte”, eski fransuzçada  “estendard” — Kavaleriya bayroği ma'nosini anglatadi.

Tarixda ştandartdan birinçi marta qaçon va qayerda foydalanilgani haqida aniq ma'lumot yöq. Undan ilk bor uruşlar davrida qöşinlar foydalanişgan. Qöşinlar örtasida maxsus tuğ kötargan jangçilar yurgan. Keyinçalik tuğlar örnini bayroqlar egallagan. Bayroq kötargan jangçi qöşinni olğa çorlagan.

Foto: nat-geo.ru

Bayroqning yiqitilişi uruşda mağlub böliş alomati hisoblangan. Şu sababli askarlar jon-jahdlari bilan bayroqni himoya qilişgan. Qöşinda bayroqni kötariş har bir jangçi uçun orzu bölgan va uni raqiblar egallab olişi yoki yöqotib qöyiş şarmandalik hisoblangan. Ayrim hollarda qöşinlar ştandart rangiga mos rangli matodan tikilgan kiyimlar kiyib olib urişgan.

Rim imperiyasi davriga kelib ştandart davlat rahbarining ramzi hisoblana boşlangan. Şundan söng, turli davlatlarda bayroq bilan birgalikda ştandart ham qöllana boşlangan va u aksariyat hollarda davlat rahbarini e'lon qiliş paytida unga tantanali tarzda topşirilgan.

Örta asrlarda dunyoning barça mamlakatlarida ştandartlar bor edi. Endi ştandartlar jang maydonida kötarilayotgan bayroqlardan farq qilar va u davlat rahbarining «öz bayroği» sifatida körilardi.

AQŞda