Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyo bo‘ylab qamalgan jurnalistlar soni rekord darajaga yetdi
Dunyoning turli davlatlaridagi qamoqxonalarda ushlab turilgan jurnalistlar soni qatorasiga oltinchi yil rekord ko‘rsatkichni tashkil qilmoqda. Jurnalistlarni himoyalash qo‘mitasi (CPJ) ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda butun dunyoda 293 jurnalist qamoqda saqlanmoqda.
Foto: Reuters
Qo‘mitada ta'kidlanishicha, panjara ortida saqlanayotgan jurnalistlar soni Xitoyda eng ko‘pni tashkil qiladi. Hozirda mamlakat turmalarida 50 jurnalist ushlab turilibdi. Bu borada 2-o‘rinni Myanma (26 jurnalist) egallamoqda. Ushbu mamlakatda 1 fevralda harbiylar tomonidan sodir etilgan davlat to‘ntaruvidan keyin o‘nlab jurnalistlar hibsga olingan. Panjara ortida ushlab turilgan jurnalistlar soni bo‘yicha 3-o‘rinni Misr (25 jurnalist), 4-o‘rinni Vetnam (23 jurnalist) egallamoqda. Yuqori beshtalikdan Belarus ham joy olgan. Hozirda u yerda 19 jurnalist qamoqda ushlab turilibdi. Bu ko‘rsatkich CPJ bu boradagi ma'lumotlarni yig‘ishni boshlagan 1992 yildan beri Belarus uchun antirekord hisoblanadi.
Bundan tashqari, jurnalistlarni kasblari bilan bog‘liq holda o‘ldirish holatlari davom etmoqda. CPJ’da ta'kidlanishicha, 2021 yilda dunyoda 42 jurnalist o‘ldirilgan va ulardan 24 nafari professional faoliyati qurboni bo‘lgan. Qolgan qurbonlarning o‘limi tafsilotlari noma'lum va ular o‘z kasbiy faoliyati bilan bog‘liq holda o‘ldirilgani yoki yo‘qligini aniqlash imkonsiz. Meksika, Hindiston va Afg‘onistonda eng ko‘p jurnalistlar o‘ldirilgan.
Mavzuga oid
13:54 / 13.02.2026
Xitoy, Rossiya va Turkiya - O‘zbekistonda eng ko‘p korxona ochgan davlatlar
22:21 / 12.02.2026
AQSh Venesuelaning «neft karantini» tugaganini e’lon qildi
20:55 / 09.02.2026
Hongkongda media magnat Jimmi Lay 20 yilga qamaldi
18:35 / 09.02.2026