Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kadastr agentligi: Noqonuniy egallanib imorat qurilgan 26,7 gektar yerdagi binolarni buzish bo‘yicha sud qarori qabul qilindi
O‘zbekistonda qariyb 2,5 ming gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingani va u hududlarda noqonuniy imoratlar qurilgani aniqlandi. Kadastr agentligi bunday qonunbuzilish sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari yuborgan.
2021 yilning 11 oyi davomida yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va u hududlarda noqonuniy imoratlar qurilishiga oid 15 ming 416 ta (2 496,5 gektar) qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Kadastr agentligi xabariga ko‘ra, mazkur yerlardan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan qismida eng ko‘p — 8 ming 395 ta qonunbuzilish holatlari oshkor bo‘lgan. Bu qariyb 1 ming 911 gektarga teng.
Shuningdek, o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari aholi punktlari yerlarida 6 ming 331 ta (487 gektar), zaxira yerlarda 559 ta (91 gektar)ni tashkil etgan.
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarda 17 ta (2 gektar), o‘rmon fondi yerlarda 31 ta (3 gektar) va suv fondi yerlarda 83 ta (2 gektar) qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Agentlik tomonidan mazkur noqonuniy xatti-harakatlarni bartaraf etish bo‘yicha 15 ming 416 ta yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari yuborilgan.
“Yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tuman (shahar) hokimliklariga 8 ming 500 ta (1 ming 173 gektar) taqdimnomalar kiritildi. 2 ming 655 ta (260,3 gektar) holatda sudlarga kiritilgan da'vo arizalariga asosan 496 ta (26,7 gektar) holatda sudning hal qiluv qarori (noqonuniy qurilmalarni buzish bo‘yicha) qabul qilindi”, deyiladi manba xabarida.
Ma'lum qilinishicha, ayni paytda 2 ming 159 ta (233,6 gektar) holat bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda. Huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun 4 ming 720 ta (805,9 gektar) holat yuzasidan prokuratura organlariga ma'lumotlar taqdim etilib, hozirgi kunda bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
19:31 / 04.06.2026
2018 yildan keyin qurilgan noqonuniy uylarning taqdiri nima bo‘ladi?
22:25 / 14.04.2026
Urbanizatsiya, kadastr va geodeziya oliygohi ochiladi
08:30 / 12.03.2026
Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga pul talab qilgan mansabdor ushlandi
19:32 / 24.01.2026