O‘zbekiston | 19:40 / 09.12.2021
2183
1 daqiqa o‘qiladi

SSV: O‘zbekistonga keltirilgan va ishlab chiqarilgan vaksinalar miqdori qariyb 48 mln dozaga yetdi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirucga qarshi emlash jarayonlarida foydalanish uchun yana 4 358 100 doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi topshirilgani haqida ma'lum qildi.

Shunday qilib, emlash jarayonlarida qo‘llanish uchun topshirilgan jami vaksina miqdori 47 828 868 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan: 

  • 2 404 480 dozasi AstraZeneca;
  • 36 789 938 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
  • 1 341 790 dozasi Sputnik V; 
  • 3 000 060 dozasi Moderna;
  • 2 316 600 dozasi Pfizer/BioNTech;
  • 1 976 000 dozasi Sinovac vaksinasidir.

Shundan 35 353 114 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llangan.

6 dekabr kuni O‘zbekistonga Pfizer vaksinasining 301 860 dozalik partiyasi olib kelingani haqida xabar berilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid