O‘zbekiston | 07:35 / 10.12.2021
4313
1 daqiqa o‘qiladi

«Uralxim» O‘zbekistonda murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishi mumkin

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 dekabr kuni “Uralxim” kompaniyasi direktorlar kengashi a'zosi, bosh direktori Dmitriy Mazepinni qabul qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Rossiyaning eng yirik mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchisi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, tegishli resurs bazasini o‘zlashtirgan holda azot, fosfor va murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e'tibor qaratilgan.

“Ilmiy-texnik ishlanmalar va malakali kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi”, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid