O‘zbekiston | 10:03 / 11.12.2021
11059
3 daqiqa o‘qiladi

12 dekabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 12 dekabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid