Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Abdulaziz Komilov va diplomatlar Toshkent viloyatida ko‘chat o‘tqazishdi
10 dekabr kuni Toshkent viloyatida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy davlatlarning diplomatik muassasalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida ko‘chat o‘tqazish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Foto: TIV axborot xizmati
Shuningdek, «Yashil makon» milliy dasturini amalga oshirish doirasida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Toshkent viloyatidagi «Amirsoy» tog‘-chang‘i majmuasi hududida «Diplomatlar bog‘i»ni tashkil etish masalasi ham ishlab chiqildi.
Tadbirda qatnashgan diplomatlar O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilishni kuchaytirish, biologik xilma-xillikni saqlash va yashil hududlarni ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuksak baholagan.
Shuningdek, 9 dekabr kuni Toshkent viloyatida Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati hamda diplomatik muassasalar va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida «Yangi O‘zbekiston tashqi siyosati: sur'ati, yutuqlari va istiqbollari» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda xalqaro maydonda O‘zbekistonning yangi qiyofasini shakllantirishning konseptual masalalari yuzasidan fikr almashildi, so‘nggi yillarda tashqi siyosat sohasida amalga oshirilgan ishlar yakunlari va natijalari muhokama qilindi.
«O‘zbekiston tashqi siyosat strategiyasining asosiy xalqaro tendensiyalaridan biri – mintaqaviy hamkorlikning iqtisodiy o‘sishi, davlatlarning modernizatsiya va barqaror rivojlanishi omiliga aylantirish, zamonaviy tahdidlarga javob berishga tayyorgarlikni kuchaytirishga qaratilgan», — dedi Abdulaziz Komilov.
Mavzuga oid
23:16 / 06.01.2026
O‘zbek tilining Afg‘onistonda qo‘llanishiga cheklov joriy etilmadi – TIV
23:08 / 03.01.2026
Rossiyada migrantlar yana kaltaklandi. Bir o‘zbekistonlik vafot etdi
14:51 / 02.01.2026
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi kaltaklab o‘ldirilgani aytilmoqda. O‘zbekiston nota yubordi
16:44 / 16.11.2025