Özbekistonda hanuzgaça odamlar foydalanib kelayotgan «Ural» va «Dnepr» mototsikllari ilk bor ötgan asrning 30-yillari oxirida Germaniyaning BMW kompaniyasi tomonidan «BMW R71» nomi ostida işlab çiqarilgan. 1941 yilda nemislar sovet ittifoqiga bostirib kirganda nemis piyoda askarlarining aksariyati «BMW R71» mototsikllarida harakatlangan. Keyinçalik öşa mototsikllar SSSRda avvaliga M-72, keyin esa «Ural» va «Dnepr» nomlari bilan işlab çiqarilgan. Bu rusumdagi mototsikllardan hanuzgaça Özbekistonda odamlar foydalanib kelmoqda.

Foto: ussrmoto

BMW R71

1938 yilda Berlin avtosalonida ilk marta BMW kompaniyasining dvigatel quvvati 500 dan 750 santimetr kubgaça bölgan R51, R61, R66, R71 rusumdagi mototsikllari namoyiş etiladi. Ular orasidan BMW R71 öşa paytda özining mukammalligi va zamonaviyligi bilan Vermaxt (Wehrmacht — Germaniya qurolli kuçlari) qömondonlarining e’tiborini tortadi. Qömondonlik BMW kompaniyasiga uşbu rusumdagi mototsikllardan buyurtma beradi.

Foto: chmotor.cn
Foto: ebay.com

BMW R71’ning dvigatel hajmi 2 silindrli, 22 ot kuçiga ega bölgan va ança pişiq işlangan. Şu sababli oğir şaroitda va nosoz yöllarda ham bemalol harakatlangan. Şuningdek, oğir harbiy texnikalardan farqli ravişda ixçamligi uçun u tor joylardan ötib keta olgan. Uşbu mototsiklga kajava ham örnatilgan va unda uç nafar nemis askari joylaşgan. Şuningdek, kajavaga pulemyot öqotar quroli örnatilgan.

Foto: livejournal.com

Motosiklning maksimal tezligi soatiga 105 kilometrni, kajavasiz 125 kilometrni taşkil etgan. BMW R71 soatiga 60 kilometr tezlikda harakatlanganda har 100 kilometrga 4,5 litr benzin sarflagan. Motosiklda havo bilan sovitiş tizimi örnatilgan.