Parag Agraval yaqinda Twitter asoschilaridan biri Jyek Dorsi bosh direktor lavozimiga o‘tirdi
Foto: Twitter

AQSh aholisining bor-yo‘g‘i 1 foizi va Silikon vodiysining 6 foizini tashkil etuvchi etnik hindlar qanday qilib yuqori texnologik kompaniyalarda rahbarlik lavozimlarini shu darajada muvaffaqiyat bilan o‘zlashtirmoqda?

«Dunyodagi hech bir xalq o‘z fuqarolari uchun Hindiston kabi gladiatorlik mashg‘ulotlarini tashkil qilmaydi», deydi Tata Sons investitsion holding sobiq ijrochi direktori va «Menejyer: Hindistonda ishlab chiqarilgan» kitobi hammualliflaridan biri.

«Tug‘ilganidan to o‘lgunicha, maktabga borishidan ishga kirguniga qadar, infratuzilmaning noteng taqsimlanishidan tortib, yetarli bo‘lmagan quvvatgacha – Hindistonda ulg‘aygan odam menejyer bo‘lib tug‘iladi», - deb hisoblaydi Gopalakrishnan, korporativ strategiyalar bo‘yicha mashhur hind mutaxassisi Koimbatura Praxaladaga ishora qilgan holda.

Boshqacha aytganda, tartibsiz muhitdagi qattiq raqobat ularni muammolarni samarali hal etish va barcha narsaga moslashishga o‘rgatadi. Bundan tashqari, karerani shaxsiy hayotdan ustun qo‘yish ko‘pchilik hindlarga xos xususiyat. Bu esa AQShdagi ortiqcha ishlash madaniyatiga mos keladi. «Mazkur xususiyat butun dunyodagi yuqori darajadagi menejyerlarga xosdir», deydi Gopalakrishnan.

Silikon vodiysining yuqori darajadagi rahbarlarini o‘z ichiga olgan to‘rt millionlik hind jamiyati AQShdagi eng gullab-yashnagan va oliy ma'lumotli jamoalardan biridir. Taxminan bir million etnik hind olim va muhandis bo‘lib ishlaydi. H-1B kategoriyasidagi (xorijliklar uchun ishlashga ruxsat) AQSh vizasining 70 foizdan ortig‘i hind dasturchilariga beriladi. Sietl va yuqori texnologiyalar gullab-yashnagan boshqa shaharlardagi jami texnik mutaxassislarning 40 foizi – hindlar.

«Jamiyat qaymoqlari»

«Bu AQShda 1960-yillarda immigratsion siyosatning keskin o‘zgarishi natijasi», - deyiladi «Yana bir foiz: AQShdagi hindlar» jamoaviy asarida.

Avvalroq joriy yilda hind Satya Nadella yetti yil bosh direktorlik faoliyatidan keyin Microsoft prezidenti etib tayinlangandi
Foto: Getty Images