21 iyun kuni Şermatov AQŞ Davlat departamentining Yevropa, Yevrosiyo va Markaziy Osiyoga yordam koordinatori örinbosari Greg Naarden bilan uçraşgan.

AKT vazirligi matbuot xizmatidan Kun.uz'ga ma’lum qilişlariça,  uçraşuvda AKT sohasidagi Özbekiston–AQŞ munosabatlarining bugungi holati va rivojlaniş istiqbollari muhokama qilingan.

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati

Şerzod Şermatov yoşlar masofaviy xizmat körsatişga jalb qilinsa, mamlakat uçun katta yutuq bölişini ta’kidlagan.

21 iyun kuni delegatsiya Vaşingtonda VISA kompaniyasi vakillari bilan uçraşib, kiçik va örta biznesni rivojlantiriş, potensial hamkorlik platformasini yaratiş, şu jumladan, onlayn tölovlar va boşqa sohalardagi hamkorlikni muhokama qilgan.

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati

“Şuningdek, AKT vazirligi delegatsiyasi VISA ma’lumotlar markaziga ham taşrif buyurib, uning faoliyati bilan tanişdi. Mehmonlarga markaz haqida batafsil ma’lumotlar berilib, taqdimot ötkazildi. Uçraşuvda Özbekistonda AKT sohasini rivojlantiriş, raqamlaştiriş va texnologiyalarni amalga oşirişda hamkorlik qiliş maqsadida AKT vazirligi va VISA kompaniyasi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi”, – deyiladi ma’lumotda.

Delegatsiya vakillari Plug and Play kompaniyasi rahbariyati bilan ham uçraşuv ötkazgan. Uçraşuvda Plug and Play kompaniyasi bilan Özbekistonda BPO va KPO xizmatlarini körsatiş uçun mutaxassislarni jalb qiliş, Özbekistonda kompaniyaning vakolatxonasini oçiş masalalari muhokama qilingan.

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati

“Şuningdek, Plug and Play Özbekistonda öz vakolatxonasini oçsa, startaplarni qöllaş va saralaş hamda ularning ösişiga yordam beradi, katta korporatsiyalar bilan boğlaydi, vençur kapital sarmoyalarini jalb etişga kömaklaşadi. Bu kabi unikal ekotizim bizda ham taşkil etilişi yoşlarimizning yangi startaplari orasida UNICORN darajasigaça çiqqan loyihalar bölişi uçun qöşimça imkoniyat böladi”, – degan vazir.

Şerzod Şermatov AQŞga taşrifi davomida Coursera kompaniyasi rahbariyati bilan ham uçraşib, bir qança kelişuvga erişgan.

Uzbekcoders.uz platformasida BAA bilan hamkorlikda amalga oşirilgan “Bir million dasturçi” qöşma loyihasining mantiqiy davomi sifatida endi haqiqiy mutaxassis bölib öqişni davom ettirmoqçi bölganlarga Coursera bilan xalqaro darajada öqitib, sertifikatsiyalaş imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça loyihani amalga oşirişga kelişib olingan.

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati

Bu kurslarni bitirgan va sertifikat olgan yoşlarning IT kompaniyalarda yuqori daromadli işlarga qabul qilinişlariga yoki frilans orqali buyurtmalar olişlariga kengroq yöl oçiladi, deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Özbekiston rasmiylari safar davomida Apple kompaniyasining davlat taşkilotlari bilan aloqalarga mas’ul rahbarlari bilan ham uçraşgan.

Ma’lum qilinişiça, uçraşuvda kompaniya va AKT vazirligi örtasida hamkorlikni yölga qöyiş, Özbekistonda Apple kompaniyasi faoliyatini kengaytiriş, joriy etilayotgan 5G tarmoqlarida iPhone'dan foydalaniş imkoniyatini yölga qöyiş va App Store'da mahalliy dasturçilarga imkoniyatlarni kengaytiriş masalalariga e’tibor qaratilgan.

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati

Kompaniya vakillariga kelgusida Özbekistonda ApplePay tizimini joriy etiş, Swift dasturlaş tilini ommalaştiriş yönalişlarida ham hamkorlik qiliş taklif etildi.

Şermatov boşçiligidagi delegatsiya AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning Osiyo Byurosi Administratori assistenti örinbosari Anjali Kaur bilan ham uçraşuv ötkazdi.

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati

Uçraşuvda Amerika grantlari hisobidan English Speaking & IT-nation qöşma dasturini amalga oşiriş bilan boğliq masalalar, raqamli iqtisodiyot doirasida hamkorlikda loyihalarni amalga oşiriş, Özbekistonda keng polosali aloqani kengaytiriş masalalariga e’tibor qaratildi.

Jahon Bankining raqamli rivojlaniş kotibiyati direktori Kristin Jyenvey Kiang bilan uçraşuvda esa hukumatning «Raqamli Özbekiston – 2030» strategiyasini amalga oşirişni keng va uzoq muddatli qöllab-quvvatlaşga oid dastur muhokama qilingan.

“Şu bilan birga, “Özbekistonda raqamli inklyuzivlik” deb nomlangan kiçik maqsadli investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş loyihasini öz içiga olgan uşbu asosning birinçi bosqiçini amalga oşirişda Özbekiston uçun Jahon bankining Xalqaro rivojlaniş assotsiatsiyasidan mablağ ajratiş böyiça ham fikr va mulohazalar almaşildi”, – deyiladi vazirlik axborotida.

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati

Şerzod Şermatov, bundan taşqari Silikon vodiysida öqiyotgan va işlayotgan özbekistonlik vatandoşlar bilan ham norasmiy uçraşuv ötkazgan.

“Ularni imkoni boriça özbekistonlik yoşlarni autsorsing loyihalarga jalb qilişga taklif etdik. Xorazmda bölganimda yoş dasturçilar AQŞdagi hamyurtimiz soatiga 70 dollar buyurtma olib, bizga soatiga 7 dollar narxda beradi deb aytib berişgandi. Yomonlaş ma’nosida emas, balki bu aynan xorijdagi hamyurtlarimizga ham qöşimça daromad topişga imkoniyat ekaniga yaqqol misol.

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati

Viloyatlardagi universitet talabalariga 7 dollardan soatiga daromad bölsa, oyiga ming dollar atrofida daromad degani, ya’ni ular jon deb işlaşadi ham qöşimça portfolio va tajriba böladi”, – deb yozgan AKT vaziri.