Jahon | 22:28 / 27.07.2020
1795
2 daqiqa o‘qiladi

Alphabet korporatsiyasi 200 ming nafar xodimi bir yil davomida masofadan ishlashini ma'lum qildi

Alphabet xodimlari COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan so‘ng masofadan ishlashga o‘tgandi.

Foto: Alphabet

Alphabet (Google egasi) kompaniyasi va uning bo‘linmalaridagi deyarli barcha – 200 mingga yaqin kishi hamda shartnoma bo‘yicha ishlaydigan xodimlar kamida 2021 yil iyulgacha ofisga qaytmaydi. Alphabet rahbari Sundar Pichai ana shunday qaror qabul qildi, deb xabar berdi The Wall Street Journal (WSJ) o‘z manbasiga tayanib.

Alphabet xodimlari COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan so‘ng masofadan ishlashga o‘tgandi. May oyida xohlovchilar iyun yoki iyulda ofislariga qaytishlari mumkinligi xabar qilingandi. Ammo Pichai masofadan ishlash muddatini uzaytirdi.

«Bu sizlarga kelgusi 12 oy davomida o‘zingiz va yaqinlaringizga g‘amxo‘rlik bilan ish o‘rtasidagi muvozanatni muvofiqlashtirishga yordam beradi deb umid qilaman», — degan Pichai Alphabet xodimlariga yo‘llagan maktubida.

Xodimlarning masofadan ishlashi borasidagi qaror Alphabet kompaniyasining AQSh, Buyuk Britaniya, Hindiston, Braziliya va boshqa davlatlardagi bo‘linmalariga tegishli, deya qayd etadi nashr.

Mavzuga oid