Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik olimlar: omikrondan himoyalanish uchun vaksinaning uchta dozasi talab etiladi
Olimlar fikriga ko‘ra, vaksinaning ikkita dozasi koronavirusga qarshi to‘liq himoya bermaydi.
Olimlar yangi mutatsiyani yuqtirish holatlarini o‘rganib va ularni koronavirusning avvalgi keng tarqalgan shtammi – delta bilan taqqoslab, ana shunday xulosaga kelishdi. Buyuk Britaniyada qo‘llanayotgan vaksinalarning so‘nggi variantga qarshi samarasi kamroq bo‘lib chiqdi.
Biroq vaksinaning uchinchi dozasi yoki busterni olganlar orasida omikronni yuqtirish holatlarini 75 foiz kishi chetlab o‘tgan.
Levelling Up infratuzilmaviy rivojlanish dasturiga rahbarlik qiluvchi Buyuk Britaniya vaziri Maykl Gouv mamlakatdagi vaziyat «o‘ta tashvishli» ekanini ma'lum qildi. Mazkur bayonotga qadar «Kobra» hukumat qo‘mitasining favqulodda yig‘ilishiga borgan Gouv Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi mavjud choralarni tahdidning joriy darajasiga proporsional deb atadi. Biroq zarurat tug‘ilganida hukumat ularni qayta ko‘rib chiqishga tayyor ekanini ta'kidladi.
«So‘zsiz, harakat qilish lozim. Yangi ma'lumotlar kelib tushgach, ular asosida aynan qanday harakat qilish to‘g‘risida qaror qilamiz», dedi u.
10 dekabr kuni Buyuk Britaniyada omikron shtammi 448 kishida qayd etildi. Mamlakatda ana shu variant aniqlanganidan beri jami 1265ta holat aniqlangan. Koronavirusni yuqtirish bilan bog‘liq jami holatlar bir kunda 58 194ta holatni tashkil etdi. Bu esa 9 yanvardan beri eng yuqori ko‘rsatkich.
10 dekabr kuni hukumat qariyalar uyida yangi cheklovlarni joriy etdi. Har bir rezidentni ko‘rish uchun bir kunda keluvchi tashrif buyuruvchilar soni endilikda cheklangan. Shuningdek, mazkur muassasalarda tez-tez test o‘tkazib turiladi.
Olimlar nimalarni aniqlashdi?
Koronavirusning so‘nggi omikron variantiga qarshi vaksinalar u qadar samarali bo‘lmasligi ehtimoli tadqiqotchilarni yangi mutatsiya Afrika janubida aniqlanganidan beri xavotirga solib kelayotgandi.
Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash sohasidagi xavfsizlik agentligi har qanday holatda ham vaksinalar kasallik og‘ir kechishi xavfini kamaytirishini ma'lum qilgandi.
Yangi tadqiqot davomida olimlar omikronni yuqtirgan 581 bemor va delta yuqtirgan bir necha ming kishi ma'lumotlarini tahlil qilishdi. Ularning maqsadi vaksinalar yangi variantga qarshi qanchalik samarali ekanini hisoblab chiqishdan iborat edi.
Buyuk britaniyalik olimlarning tahlili ma'lumotlarning cheklangan to‘plamiga asoslangan. Biroq u AstraZeneca vaksinasi samarasi joriy variantga nisbatan juda ahamiyatli darajada, Pfizer preparatining ikki dozasi samarasi esa yetarli darajada kamayishini ko‘rsatmoqda.
Mana shu vaksinalardan birining buster yoki uchinchi dozasi koronavirus yuqtirilganida belgilar paydo bo‘lishidan 75 foizlik himoya beradi. Biroq u ham avvalgi variantlarga qarshi kurashdagi kabi samarali emas.
Olimlarda Moderna va Janssen kompaniyalari ishlab chiqargan vaksinalarga nisbatan xulosalar yetarli emas. Biroq ular ham o‘zini xuddi shunday namoyon etishi ehtimoli mavjud.
Buyuk Britaniya jamoat sog‘lig‘ini saqlash xizmati vaksinalar har qanday holatda ham koronavirusning kasalxonaga yotishni talab etuvchi holatlaridan himoyalashini aytmoqda.
Buyuk Britaniyada bugungi kunda qariyb 22 mln kishi buster vaksinasini olgan (jami aholisi qariyb 67 mln). Biroq hamma uch marta qayta emlansa ham, vaksina samarasi pastroq bo‘lgani uchun millionlab inglizlar xavf ostida qoladi.
Kuniga 100 ming holat?
Aholi orasida kasallik yuqtirish holatlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar olimlarning yangi variantda antitanalarning virusni neytrallash qobiliyati 40 marta kamayishi borasidagi taxminini tasdiqlaydi.
Optimistik nazariyaga ko‘ra, emlanish har qanday holatda ham odamlarning katta qismi uchun kasalxonaga yotishning oldini olishda yordam beradi. Omikronda kasallik qay darajada og‘ir kechishi borasidagi ma'lumotlar kelasi haftada chiqishi kerak.
Biroq kasallik nisbatan yengil kechganida ham omikron shtammi bilan kasallanish to‘lqini salomatligi kuchsiz ko‘plab bemorlarning bir vaqtning o‘zida kasalxonaga tushishi xavfini yuzaga keltiradi.
Omikron tarqalishining yuqori sur'atlari unga qarshi vaksinalar u qadar samarali emasligi borasida taxminlar uchun asos bo‘ldi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi variantni yuqtirish holatlari har ikki-uch kunda ikki marta ko‘paymoqda.
Buyuk Britaniya jamoat salomatligi agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, dekabr oyi o‘rtalariga borib, omikron virusning dominant variantiga aylanishi mumkin. O‘sish joriy sur'atlarda davom etsa, oy oxiriga borib, kuniga 100 ming yangi holat ko‘rsatkichiga yetadi.
«Ushbu dastlabki hisob-kitoblarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish zarur. Biroq ular ikkinchi dozadan keyin bir necha oy o‘tgach, deltaga qaraganda omikronni yuqtirish xavfi ko‘proq ekanidan dalolat beradi», deydi immunizatsiya agentligi departament boshlig‘i Meri Ramzi.
«Biz vaksinalar kasallik og‘ir kechishiga qarshi juda samarali bo‘lishi kerak deb hisoblaymiz. Shuning uchun agar siz dastlabki ikki dozani olmagan bo‘lsangiz, imkoni boricha tezroq vaksina olish uchun yoziling», deya qo‘shimcha qildi u.
Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Sterjyen yaqinda koronavirusning yangi holatlari «sunamisi» munosabati bilan o‘z xavotirini bildirdi. Shotlandiya rasmiylari virusga qarshi yangi cheklovlarni joriy etmoqda va odamlarni Rojdestvoda katta guruh bo‘lib to‘planmaslikka chaqirmoqda.
Mavzuga oid
19:02 / 10.08.2023
JSST koronavirusning yangi «Eris» turi haqida xabar berdi
18:41 / 09.01.2023
Virusologlar yangi turdagi «kraken» koronavirusining xususiyatlarini ma’lum qilishdi
10:25 / 04.12.2022
SSV: O‘zbekistonda omikronning yangi varianti dominant versiyaga aylandi
14:05 / 21.10.2022