Jahon | 18:31 / 13.12.2021
4027
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada «omikron» shtammi bilan bog‘liq ilk o‘lim holati qayd etildi

Mamlakatda hozirda koronavirusning yangi shtammini yuqtirgan 10ga yaqin inson shifoxonada davolanmoqda. 

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirusning «omikron» shtammini yuqtirgan bemorlar orasida o‘lim holati yuz berganini ma'lum qildi. Bu haqda Sky News nashri xabar bermoqda.

«Afsuski, ha, «omikron» shifoxonaga yotqizishga olib kelmoqda va afsuski, bir nafar bemor vafot etgani tasdiqlandi», — dedi Jonson.

Mamlakatda hozirda koronavirusning yangi shtammini yuqtirgan 10ga yaqin inson shifoxonada davolanmoqda. 

«Omikron» shtammi noyabrda Janubiy Afrikada aniqlangandi, hozirda mazkur shtammni yuqtirish holatlari 60dan ortiq mamlakatda qayd etildi. 

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning «delta» va «omikron» shtammlarini o‘zaro taqqoslagandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid