Jahon | 22:14 / 13.12.2021
33604
3 daqiqa o‘qiladi

Kentukkidagi tornado «hujumi» - fotolar

AQShning Missuri, Missisipi, Arkanzas, Tennessi, Illinoys va Kentukki shtatlarida o‘nlab tornadolar ro‘y berdi - shanbaga o‘tar kechasi kuzatilgan tabiiy ofat qurbonlari soni yuzga yaqin, omon qolganlarni qidirish ishlari hamon davom etmoqda. Kentukkidagi Meeyfild shahri esa butunlay vayron bo‘lgan.

11 dekabrga o‘tar kechasi AQSh g‘arbidagi olti shtat hududida 50dan ortiq tornado bo‘lib o‘tdi. Tabiiy ofatdan eng ko‘p jabr ko‘rgan hudud Kentukki bo‘ldi, bu shtat tarixidagi eng halokatli tornado edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bu shtatda 100dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Kentukki g‘arbida, 10 ming atrofida aholi yashaydigan Meyfild shahrida tornado sham ishlab chiqarish fabrikasi binosini, okrug sudi minorasini va ko‘plab uylarni butkul vayronaga aylantirdi.

Meyfilddan 100 kilometr masofadagi, 2500 kishi yashovchi Douson-Springs shaharchasida 12 kishi halok bo‘lgan va binolarning 75 foizi yakson bo‘lgan. Bu shaharlar tornadodan keyin quyidagi ko‘rinishga keldi.

Uloqib ketgan avtomobillar va sinib ketgan daraxtlar, Meyfild.
Brett Carlsen / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA
Meyfildning tornadodan keyingi ko‘rinishi. Scott Olson / Getty Images/ AFP / Scanpix / LETA
Meyfild aholisi tornadodan keyin o‘z narsalarini saqlab qolishga urinmoqda.
Scott Olson / Getty Images/ AFP / Scanpix / LETA
Meyfildda yashovchi 70 yoshli Rik Fouli vayron bo‘lgan mehmonxonasida turibdi.
Cheney Orr / Reuters / Scanpix / LETA
Tornado uchirib ketgan Elvis Presli haqidagi kitob
Brett Carlsen / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA
Meyfilddagi Carrʼs Steakhouse restorani xarobalari
Adrees Latif / Reuters / Scanpix / LETA
24 yoshli Kristofer Boulin Meyfilddagi uyi oldida ovqat pishirmoqda
Cheney Orr / Reuters / Scanpix / LETA
Douson-Springsdagi o‘yin maydoni chiqindixonaga aylandi
Jon Cherry / Reuters / Scanpix / LETA
Meyfildda yashovchi Bridjit Eyveri oilaviy fotoalbomni vayronalar ostidan topishda yordam bergan do‘sti Derrik Starksni quchmoqda
Adrees Latif / Reuters / Scanpix / LETA
Amerika bayrog‘i tornado vaqtida daraxtga ilashib qoldi, Meyfild.
Mark Humphrey / AP Photo / Scanpix / LETA
Foto: Brandon Bell/Getty Images
Foto: Brandon Bell/Getty Images
Foto: Brandon Bell/Getty Images
Foto: Brandon Bell/Getty Images
Foto: Brandon Bell/Getty Images
Foto: Brandon Bell/Getty Images
Foto: Brandon Bell/Getty Images
Foto: Brett Carlsen/Getty Images
Foto: Brandon Bell/Getty Images
Foto: Brandon Bell/Getty Images

Douson-Springs shahrining tornadodan keyingi ko‘rinishi:

Mavzuga oid

E`lonlar