Italiya janubidagi Palermo qirğoqlariga yopirilgan tornado natijasida Bayesian superyaxtasi halokatga uçradi. Hodisa oqibatida bir kişi halok böldi va yana olti kişi bedarak yöqoldi, deb xabar beradi Sky News.
Qayd etilişiça, halokatga uçragan superyaxtadan 15 kişi qutqarib olingan — ular orasida kema komandiri hamda bir yoşli qiz va uning onasi ham bor.
Dastlab Portiçello portidagi priçalga boğlangan kema 18 avgust kuni dengizga suzib ketgan va sohil yaqiniga langarni taşlagan. Britaniya bayroği ostida suzgan yaxtada Yangi Zelandiya, Şri-Lanka, Buyuk Britaniya, Fransiya va Irlandiya fuqarolari bölgan. Yaxtaga egalik qilgan Camper & Nicholsons kompaniyasining aniqlik kiritişiça, kema bortida 12 nafar mehmon hamda 10 nafar ekipaj a’zosi bilan suzib ketgan.
Bayesian yaxtasi — Perini Navi kompaniyasi tomonidan qurilgan va 2008 yilda öz egasiga topşirilgan. Kemaning uzunligi 56 metrni taşkil etib, u oltita lyuks kayutaga 12 nafar mehmonni siğdira oladi. Şuningdek, 10 nafargaça ekipaj a’zosi xizmat körsatadi.
Bayesian uzunligi böyiça dunyoda ikkinçi örinda turadigan va alyuminiydan yasalgan eng katta maçtaga ega. Kema 8 silindrli dvigatel yordamida harakatlanadi, tezligi esa 15 uzelga qadar yeta oladi.
Kuçli şamol oqibatida yaxta çökib ketgan. Niderlandiyaning Sir Robert nomli yelkanli kemasi ekipaji tomonidan 15 kişi qutqarilgan. Halok bölgan şaxsning jinsi va fuqaroligi hozirça oşkor etilmayapti. Tornado oqibatida Palermo sohilidagi hududlar, jumladan, mahalliy portdagi qayiqlarga ham şikast yetgan.
Italiya sohil xavfsizligi xizmati xodimlari bedarak yöqolganlarni qidiriş bilan şuğullanmoqda. Operatsiyalarga jalb etilgan ğavvoslar yaxta çökkan joyda 57 metr çuqurlikka qadar şönğigan. ANSA agentligining yozişiça, bedarak yöqolganlar kayutalarida bölgan va u yerga qamalib qolgan bölişi mumkin.











