Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda AQSh investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni ikki barobar ko‘paydi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Uchrashuvda 2021 yilning 11 oyida ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2020 yilning shu davriga nisbatan 48,5 foizga o‘sgani ta’kidlandi. Bundan tashqari, so‘nggi bir necha yil davomida O‘zbekistonda AQSh investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni ikki barobar ko‘paygan.
Tomonlar O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun AQSh investorlari va yirik kompaniyalarni jalb etishga qiziqish bildirdi. Ular Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi bilan hamkorlikda 2022 yilning birinchi yarmida AQSh va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari vakillari uchun biznes-forum o‘tkazishga tayyorligini ham ta’kidladi.
Uchrashuv chog‘ida foydali qazilmalarni qazib chiqarish sanoati, kimyo tarmog‘i, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va boshqa sohalar ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish mumkin bo‘lgan istiqbolli yo‘nalishlar sifatida belgilandi.
Tomonlar O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishni nazarda tutgan holda, AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi va O‘zbekistonning To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
O‘zbekiston tomoni “Build Back Better World” (B3W) tashabbusini olqishladi hamda bu tashabbus doirasida qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish, raqamlashtirish, sog‘liqni saqlash va gender tengligini rivojlantirish kabi to‘rtta asosiy yo‘nalishda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish masalasida mamlakatga ko‘rsatilayotgan texnik va maslahat yordami uchun minnatdorlik bildirildi. Suhbat chog‘ida investitsiya siyosati va davlat xizmatlari sohasini raqamlashtirish bo‘yicha texnik ko‘mak loyihasini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
22:43 / 21.03.2026
«Mujtaba jumbog‘i» AQSh va Isroilni Eronning haqiqiy yetakchisini izlashga majbur qilmoqda
21:39 / 21.03.2026
Eron birinchi marta Yaqin Sharqdan tashqaridagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi
21:06 / 21.03.2026
O‘zbekistonning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘rni qanday o‘zgardi?
20:52 / 21.03.2026