Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2023 yildan “yashil” budjetlashtirish tamoyillarini joriy qilishga o‘tiladi - Timur Ishmetov
O‘zbekistonda 2023 yildan “yashil” budjetlashtirish tamoyillarini joriy qilishga o‘tiladi. Bu haqda moliya vaziri Timur Ishmetov 15 dekabr kuni Senat yalpi majlisida ma’lum qildi.
“Oxirgi yillarda dunyo bo‘ylab “yashil” budjetlashtirish tamoyilining muhimligi ortib bormoqda. Bu bo‘yicha ham rejalarimiz bor. Lekin keyingi yil buni qila olmaymiz. Nasib qilsa, 2023 yil budjetidan “yashil” budjetlashtirish tamoyilini ishlab chiqish rejalarimiz bor.
Albatta, bu ishni bijarish uchun bilim va ko‘nikmalarimizni oshirishimiz kerak. Hozirda BMT va Fransiya taraqqiyot agentligi bilan kelishuvimiz bor. Keyingi yildan boshlab ular bizga “yashil” budjetlashtirish nima, uni budjetda qanday qilib shakllantirish kerakligi bo‘yicha texnik ko‘mak berishadi.
Avval “Ochiq budjet” tamoyilini qo‘shgan bo‘lsak, 2023 yilda “yashil” budjetlashtirishga ham o‘tish rejalarimiz bor”, dedi vazir.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Parij bitimini ratifikatsiya qilgan. Shu asosda mamlakat 2030 yilga qadar issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010 yildagi darajadan 10 foizga qisqartirish majburiyatini olgan.
2019 yilda qabul qilingan O‘zbekistonning “yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha 10 yillik strategiyasida ham ushbu maqsad ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
20:56 / 29.04.2026
«Kursga sun’iy ta’sir o‘tkazish tarafdori emasmiz» - Timur Ishmetov
18:09 / 29.04.2026
Ijobiy tendensiyalar sekinlashgan va tashqi xatarlar bor – MB raisi asosiy stavka o‘zgarishsiz qoldirilgani haqida
13:20 / 29.01.2026
«Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda monopoliya tarafdori emasmiz» - Timur Ishmetov
21:51 / 28.01.2026